Ko`pchilik oilalarda bolalarni kunduzi uxlashga ota-ona, buvilar zo`plashmaydi, mayli uxlamasa uxlamasin, deyishadi. Kunduzi uxlab olsa, kechasi uxlamay bezor qiladi, deguvchilar ham topiladi. Bolalar bog`chasida esa albatta, majburlab bo`lsa-da, uxlatishadi. Ho`sh bola kunduzi uxlashi kerakmi? Kerak bo`lsa, nima uchun?
Pediatrlar va bolalar nevropatologlari 5-6 yashar bola kunduzi kamida 1,5-2 soat uxlashi shart degan fikrni ilgari surishadi. Bola qanchalik yosh bo`lsa, unda uyquga bo`lgan ehtiyoj shunchalik kuchli bo`ladi. Mutaxassislarning fikricha, yangi tug`ilgan bola bir kunda 19 soat, 3-5 oylik bola 17 soat, olti oylik bola 15 soat, 9-12 oylik bola 13 soat , 2-3 yashar bola 12,5 soat, 4-5 yashar bola 11,5 soat, 6 yashar bola 10 soat uxlashi kerak. Bu bolaning sog`lom o`sishi uchun tabiatning o`zi belgilab qo`ygan zaruriyat. Bola yorug` dunyoga kelgan zahoti kun bilan tunni ajrata olmaydi, u bir sutkada 4 martadan 11 martagacha uxlaydi. 1,5 yashar bo`lganda har 4,5 soatda 1,5-2 soatdan uxlatiladi. 3 yoshga to`lguncha 2,5-3 soat, 4-6 yoshgacha 1,5-2soat uxlaydi. Faqat 7 yoshga borib, bola organizmi tungi uyquga moslashadi. 7 yashar bola kechasi yaxshi uxlamagan bo`lsa, maktabda toliqsa, shamollagan yoki holi qurigan bo`lsa uni kunduzi uxlatish kerak. Shunda quvvati tezroq asl holiga keladi. Demak, bola kunduzi albatta uxlagani ma'qul. Chunki shunda bola organizmdagi eng muhim bo`lgan uyqu va tetiklik bioritmlarni tabiatning o`zi bir maromda ishlatadi. Bola kunduzi uxlamasa bioritmlar uyg`un bo`lmay qoladi. Natijada bola jaxldor bo`lib, tez toliqadi, asabiy-ruhiy va jismoniy rivojlanishi sekinlashadi, yaxshi o`smaydi, immuniteti pasayib ketadi, tez-tez shamollaydigan bo`lib qoladi, bolalar infektsiyalari salga yuqadi.
Bola kunduzi miriqib uxlaganda yangi bilimlarni yaxshi o`zlashtiradi, ish sifati yaxshi bo`ladi. Bola qanchalik yosh bo`lsa, shunchalik ko`p narsalarni bilib olishi va eslab qolishi kerak. Bola kunduzi uxlasa kechasi to`yib uxlaydi. Bunga ishonmaysizmi? "Bolam kunduzi uxlasa kechqurun vaqtli uxlamaydi, kunduzi uxlamasa uxlamasin, keyin ertalabgacha to`yib, miriqib uxlaydi", deb o`ylaysiz. Lekin ochig`ini aytganda, bunday qarash bilan siz qattiq adashasiz. Tegishli vaqtda dam olmagan bola kechga borib bezovtalanadi, xohlasa ham uxlashga qiynaladi. Kunduzi taasurotlarga to`lib toshgan miya ularni kechasi qayta ishlashga qiynaladi. Binobarin bola aloq-chaloq tushlar ko`rib chiqadi.
Shunungdek, shaharda yashaydigan bolalar ko`proq uxlashi kerakligi ta'kidlanadi. Chunki mashinalarning shovqin-suroni, zararli chiqindilar bolaning asab tizimini “zaxarlaydi”, bir maromdagi hayotini izdan chiqaradi. Shuning uchun ular qishloq bolalariga qaraganda ko`proq charchaydilar. Bola uxlab yotganda miyaning maxsus himoya oqsili ishlab chiqariladi. U esa miyani zo`r keladigan narsalarga moslashtiradi. Sizlarga maslahatimiz shuki 2,5 oygacha bo`lgan chaqaloqlarni emizib bo`lgan zaxoti uxlating. 3 oylik bolani qorni to`ygandan so`ng 15-20 daqiqa o`tgach, kattarog`ini yarim soat yoki bir soatdan so`ng uxlating. 1,5 yoshli bolani esa kunduzi faqat bir marta uxlating. Ozroq tixirlik qiladiyu, lekin keyin ko`nikib ketadi. Faqat har kuni ma'lum bir vaqtda, o`rgangan joyida uxlasin.
Tabiatning o`zi shunday tartib o`rnatganki, ayol kishi har 28 kunda hayz ko`radi, shuning uchun qizaloq bo`lsa shu kunlar kelganda 2-4 kun vaqt ichida uxlashga qiynaladi, uyqusi siyrak bo`ladi. Injiq, bezovta bo`lib qoladi. Masalan, o`rniga yotishga hecham unamasligi mumkin. Lekin baribir aldab bo`lsa-da, uni uxlatish shart. Buni qarangki, katta qiz bo`lganida hayz ko`rishi qizaloqqa bolaligidan belgi berar ekan.
Bola 15-20 daqiqa yotsa-yu, lekin uyqusi kelmasa, mayli turaqolsin. Uxlamaydiganga o`xshaydi, deb o`ylamang. Bu fikringiz mutlaqo xato. Chunki u o`rniga yotar ekan dam oladi. Ikkinchidan 1,5-3 yashar bolaga naqd bir soatda, 4-6 yashargacha bolalar esa 30 daqiqada uxlab qoladi. Qizig`i shuki, tobi qochib turgan bolaning uxlashiga ancha ko`p vaqt ketadi.