x

Bolalar bogʻchalari farzandlarimiz kamolotida, ularning har tomonlama yetuk boʻlib yetishishida oʻrni beqiyos. Ayniqsa, bola hali maktabga chiqmasdanoq zarur boshlangʻich bilimlarni o'zlashtirishi, aqliy va ruhiy jihatdan ulgʻayishi, qolaversa, maxsus muhitda oʻz tengdoshlari orasida tarbiyalanishi keyingi taʼlimga ham, kelgusi hayotida ham muhim ahamiyat kasb etadi. 

O'zbekiston hududida ilk bogʻchalar XIX asrda faoliyat boshlagan. 1891 yilda «Bog‘dorchilik» jamiyati tomonidan Toshkent istirohat bog‘ida maydoncha ko‘rinishida birinchi bolalar bog‘chasi ochilgan boʻlib, 150-200 nafar bolalarni qamrab olgan. Unda bolalar uchun maxsus sersoya joylar ajratilgan, arg‘imchoqlar va qayiqlar o‘rnatilgan, turli o‘yinchoqlar tayyorlangan. Bundan tashqari, maydonchada kattagina gulzor tashkil etilib, bu yerda bolalar o‘simliklarni parvarish qilish bilan ham mashg‘ul bo‘lgan. Ammo 1891 — 1903 yillar mobaynida mablag‘ muammosi sababli bog‘cha bir necha marta yopilgan.

Bugungi kunda yurtimizda bogʻchalar soni sezilarli darajada ortib bormoqda. Hozirda respublikada 31 mingga yaqin bogʻchalar faoliyat yuritayotgan boʻlsa, shundan 24 mingdan ortigʻi nodavlat (xususiy) MTMlardir.

To Top ↑
To Top ↑