Bolalar uxlaganda ba’zan og‘zini ochgan holda uxlashini kuzatishimiz mumkin. Shifokorlarning ma’lum qilishicha, buning asosiy sababi bola burni bilan to'liq nafas ololmaydi va og'iz orqali nafasga olishga majbur bo‘ladi.
Agar bola tug'ilganidan boshlab xuddi yuqoridagi aytilgani kabi nafas olsa, unda uning yuqori nafas yo'llarida qandaydir tug'ma anamoliya bor. Muammoni LOR vrach aniqlaydi va bartaraf etadi.
Agar bola sog' bo'lsayu lekin to'satdan uyqusida og'iz orqali nafas olishni odat qilsa, demak bolani burni bitib qolgan, burun yo'llarini tozalash va zarur burun tomchilarini tomizish maqsadga muofiq bo‘ladi.