x

Joriy yil 2-apreldan muborak ramazon oyi boshlandi. Bu oyda ro`za tutish farz amallardan bo`lib, yuksak ajrlar berilishi va'da qilingan. Shu sababli mazkur oyda bilishimiz kerak bo`lgan ayrim masalalarga birma-bir to`xtalishni maqsad qildik.
Bugungi maqolamizda homilador yoki sut emizuvchi ayollarni ro`za tutish borasida qiziqtiradigan savollarga javob topishga harakat qilamiz. Hususan, ular ham ro`za tutsa bo`ladimi, tutmasa nima qiladi, qanday holatda ro`za tutmaydi va hokazo.
 
Demak, homilador yoki sut emizuvchi ayol, aslida ro`za tutishga buyurilgan. Faqat ular uzrli holatdagina ro`za tutmasliklari mumkin. Bunda ularning o`zlariga yoki bolalariga zarar etadigan, etish xavfi bo`lsa, uzr bo`ladi. Chunonchi, Alloh taolo Qur'oni karimda bunday degan:
“Bas, sizlardan kimki bemor yoki safarda bo`lsa, sanog`i boshqa kunlardadir”. (Baqara surasi, 184-oyat). 
Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisi sharifda ham bunday ta'kidlanadi: 
“Albatta Alloh taolo musofirdan ro`zani va namozning yarmini, homilador va sut emizuvchi ayoldan esa ro`zani (farziyatini) olib qo`ygan”. 
Homilador va sut emizuvchi ayol bu o`rinda kasal hukmidadir. Ular boshqa qulay vaqt topilganda, o`tkazib yuborgan ro`zalarining qazosini tutib beradilar. Mazhabimizning ittifoqiy fatvosiga ko`ra, ularga boshqa hech qanday fidya lozim emas.

Hulosa qilib aytadigan bo`lsak, homilador yoki sut emizuvchi ayollar o`zlarining va farzandlarining salomatligiga zarar etmaydigan holatda ro`za tutishlari lozim. Buning uchun shifokor bilan maslahatlashib, agar qarshi ko`rsatma bo`lmasa tutishlari, bo`lmasa keyinga qoldirishlari mumkin bo`ladi. Vallohu a'lam.

To Top ↑
To Top ↑