4-6 yoshdagi bolalar juda ko‘p savol beradilar. Ba’zida haddan ortiq savol berganidan be’zor bo‘lib ketamiz. Ammo bu xato! Farzand qachon savol bersa ham, unga doimo javob berishingiz shartdir!
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bolakay o‘z savollariga bir necha marotaba javob olmasa, u savol berishni to‘xtatadi. U sizdan zerikadi, siz bilan muloqot qilishni xohlamay qolishi ham mumkin.
Savol berishni to‘xtatgan bola o‘zicha ish qilishga o‘tadi ya’ni u o‘z bilganicha ish qiladi. Tabiiyki, yosh bolaning aqli ko‘p narsaga yetmaydi. Bu bilan u xato ish qilishi mumkin.
Shuning uchun bola bilan doimiy, iloji boricha har qanday vaziyatda aloqada bo‘lishga harakat qiling. Uning savollari javobsiz qolib ketmasligini ta’minlang.