x

Bolaning qobiliyati asosan ota-onalarning genetikasiga bogʻliq, deb yozadi Planet Today nashri.

Qon guruhi bolaning maʼlumotni idrok etish va eslab qolish qobiliyatiga ham taalluqli. Shuningdek, u miya faoliyatining boshqa jihatlariga va shaxsiy isteʼdodlarning rivojlanishiga taʼsir qiladi.

Baʼzi tadqiqotlar natijalari shuni koʻrsatadiki, eng iqtidorli bolalarning ota-onalari birinchi qon guruh egalari boʻlishadi. Statistik maʼlumotlarga koʻra, bunday oilalardan koʻpincha ijodiy shaxslar yoki muvaffaqiyatli ilm-fan odamlari voyaga yetadi.

Ikkinchi qon guruhiga ega boʻlgan bolalar odatda tanqidiy fikrlashga moyil boʻlib, bu koʻpincha ularda muhandislik yoki dasturlash koʻnikmalarini rivojlantirishga olib keladi. Ular haddan tashqari cheklovlarga toqat qilmaydilar, yaʼni mustaqillikni yaxshi koʻrishadi.

Agar bola ota-onasidan biridan uchinchi qon guruhini meros qilib olgan boʻlsa, uning rivojlanishi qiyin boʻlishi mumkin. Toʻgʻri ular juda koʻp isteʼdodlarga ega boʻlishadi,  ammo toʻgʻri yoʻnaltira olishmaydi. Koʻpincha boshqalarning fikri taʼsiriga tez tushadi va xafa boʻlishga moyil boʻlishi mumkin. Muhim ishlarini yarim yoʻlda qoldirmaslik uchun ularga yordam kerak boʻladi.

Toʻrtinchi qon guruhiga ega boʻlgan ota-onalar koʻpincha turli sport turlari bilan shugʻullanishadi va ular bu qiziqishlarini bolalariga yetkazishadi. Koʻzga tashlanadigan natijalar odatda uzoq kuttirmaydi.

To Top ↑
To Top ↑