Ular ayyor va energiyaga boy bo’lishlari mumkin. Ha, ular “kimdir” bilan, hatto xayoliy yomon odam bilan jang qilishni yaxshi ko’radilar va ular eng baland narsaning tepasiga chiqishni yaxshi ko’radilar.
Haqiqatan ham, bu kichik erkak obrazi egalarining yangi rivojlanayotgan shaxsiyatlari, afzalliklari va qat’iyatliligiga moslashish qiyin bo’lishi mumkin.
Ularni muntazam jismoniy faoliyat bilan shug’ullantiring!
Maktabdan oldin, tanaffuslar oralig’ida, yakshanba dam olish kunida. Shanba kuni ertalab velosiped haydash, kechki ovqatdan oldin hovlida poyga. Hammasi yordam beradi!
Ularga yangi qiyinchiliklar yaratib bering!
Ularni do’konga yuborishingiz, sabzavotlarni tashitishingiz, kir mashinasini ishga tushirishni so’rashingiz, changyutkichni tozalashni so’rashingiz, yerga to’kilgan un yoki sutni tozalatishingiz, kartoshkaning po’stlog’ini archtirishingiz mumkin. Unga yangidan- yangi vazifa beravering. Shunda o’g’lingiz bor energiyasini siz bilan kurashishga emas, balki vazifalarni bajarishga sarflashi mumkin.
Eringizdan yordam so’rang.
U ham o’g’il bola edi. U testosteronni sizdan ko’ra yaxshi tushunadi. Ehtimol, U o’g’lingizni yer yuzida sizdan ham ko’proq yaxshi ko’radigan insondir. Uning nuqtai nazarini inobatga oling!
Yeyotgan mahsulotlaringizga e’tiborli bo’ling!
Oziq-ovqat bo’yoqlari, qayta ishlangan ovqatlar, urug ‘ moylari, ortiqcha shakar (ayniqsa, soxta narsalar) tanangiz uchun DAXSHATLI bo’lib, yomon xulq-atvorda rol o’ynashi mumkin. Ularga ko’proq yuqori sifatli protein berishga harakat qiling, bu bo’yoqlardan xalos bo’ling va shakarni mevaga almashtiring.
Unga vazifa bering!
Bu kichik ishlar o’g’lingizga siz uni hurmat qilishingiz va unga yetarlicha ishonishingizni ko’rsatishda samarali rolni o’ynashi mumkin. Agar biz ularning mas’uliyatni o’rganishini istasak, ularga amal qilish imkoniyatini berishimiz kerak.