Biz bugun muhokama qiladigan odamlar texnologiyalar olami haqida baridan xabardor bo`lib, ularning istalgan texnikani sotib olishga qurbi etadi. Biroq ko`pincha ularning farzandlari tengdoshlari singari gadjetlardan foydalana olmaydi. Nima uchun bunday bo`lishining sabablarini ko`rib chiqish bilan birga, axborot texnologiyalariga asoslangan megabiznesni barpo etgan insonning farzandi bo`lish qanday his ekanligiga oid yangi fikrlarni hikoya qilamiz.
Bill Geyts — Microsoft kompaniyasi asoschilaridan biri
Billning uch nafar farzandi bor. Ularning barchasiga to 14 yoshga kirmagunlaricha smartfonlar va planshetlardan foydalanish ta'qiqlangan. Geytsning aytishicha, bolalar o`z tengdoshlari kabi hoxlagan elektronikalariga avvalroq ega bo`la olmasliklaridan shikoyat qilgan. Biroq ota-onalarining qarori qat'iy edi.
Geytslarning farzandlari nihoyat gadjetlarga ega bo`lganidan so`ng oilada bunday texnikadan foydalanishga oid qoidalar paydo bo`lgan:
- Undan faqat dars qilish va do`stlar bilan muloqotda foydalanish mumkin;
- Undan ovqatlanish paytida va uxlash o`rniga foydalanish ta'qiqlanadi;
- Ota-ona gadjetdan foydalanish vaqtini cheklash huquqiga ega.
Aytgancha, Geytslar oilasida zamonaviy “olmali” texnikani sotib olishni tavsiya etilmaydi hamda Windows asosidagi telefonlar va planshetlardan foydalaniladi.
Kris Anderson — dron ixtirochisi, 3D Robotics kompaniyasi muassisi
Krisning farzandlari smartfon va planshetlar ishlatilishini minimallashtirish imkonini beradigan qat'iy qoidalarga rioya qiladilar. Ushbu megabiznes egasining aytishicha, bolalar tengdoshlarining hech biri bu kabi cheklovlarga chidashga majbur emasligidan shikoyat qilishadi. Biroq, Andersonning ta'kidlashicha, u shunchaki bolalarning elektronikaga moyil bo`lib qolishiga hamda ularning hayotida yuz berishi mumkin bo`lgan o`zgarishlarga yo`l qo`ymaslikka harakat qiladi. Shuningdek, g`amxo`r otaning aytishcha, tarmoqda uning farzandlarini cheklanmagan miqdordagi so`ralmagan beandishalik va anonimlar tomonidan tahqirlashlar kutmoqda.
Dik Kostolo —Twitter sobiq bosh direktori
Dik bolalari tomonidan gadjetlarni ishlatish vaqtini cheklamaslikka qaror qilgan. Buning o`rniga u geografik cheklovlarni o`rnatgan.
Kostolo oilasi farzandlari bunday elektronikadan faqat mehmonxonada foydalanishi mumkin. Ya'ni, ular yotar chog`da planshetni o`zlari bilan olib ketishlari yoki ovqatlanish paytida telefonda “osilib” qolishlari mumkin emas.
Aleks Konstantinopol' — biznes uchun eng yirik IT-hamkorlardan biri sanalgan Out Cast Agency direktori
Aleks ham gadjetlarni ishlatish borasida anchagina qattiqqo`l ona. Uning kichik o`g`liga haftaning ish kunlarida bunday gadjetlardan foydalanish ta'qiqlangan. Katta farzandlar zamonaviy elektronikadan kuniga 30 daqiqadan ortiq foydalana olmaydilarr.
Evan Uil'yams — Twitter va Blogger veb-servisini yaratish bilan shug`ullangan Pyra Labs kompaniyasining asoschisi
Evan va uning rafiqasi Saraning ikki nafar o`g`li bor. Biroq, bolalarning birortasida ham hanuzgacha iPad yo`q. Buning o`rniga Uil'yamslarning uyida yuzlab kitoblar to`plangan. Evanning aytishicha, kerakli ma'lumotni topish va bo`sh vaqtda hordiq chiqarish uchun mazkur adabiyot etarli.
Stiv Jobs — tadbirkor, Apple, NeXT va Pixar kompaniyalarining ham asoschisi
Stiv Jobsning oila a'zolari eng yuqori texnologik va zamonaviy gadjetlar bilan “o`ralgan” bo`lishi hamda qo`llaridan o`ta ingichka va superaqlli texnikani tushirmasliklari kerakdek tuyuladi. Biroq, hammasi aksincha. Jobs hayotligida farzandlariga iPad qurilmalaridan foydalanishga ruhsat bermasligini tan olgan. U bolalariga jonli muloqotni o`rgatishga uringan, shu bois kechqurunlari oila birgalikda ovqatlanish va uzoq suhbatlar bilan vaqt o`tkazishga harakat qilgan.
Ho`sh, qanday xulosaga kelish mumkin?
Bu odamlardan o`rnak olish yoki olmaslik har kimning o`ziga havola. Ularning tanlovi to`g`riligini faqatgina farzandlari ulg`ayib, o`zlarini bu olamda o`zgacha namoyon eta boshlaganidagina baholash mumkin bo`ladi. Biroq sanab o`tilgan tadbirkorlar va ishlab chiqaruvchilar raqamli dunyo haqida bizdan ko`proq ma'lumotga ega ekanligini hech kim inkor eta olmaydi. Ehtimol, shuning uchun ular bosiladigan qadamni avvaldan hisoblab chiqqandirlar. Biz yakuniy xulosa qilmaymiz. Buni ota-onalarning o`ziga qoldiramiz.