x

Har qanday cheklovlar, shu jumladan telefon bilan bog`liq bo`lganlari ham judayam muammoli emas, ammo bu bolalarning salomatligi va rivojlanishi uchun muhimdir. Ota-onalar nazoratini tashkil etish oson ish emas. Bu bolaning hayotini qulay qilish uchun ko`proq e'tibor va samimiy istakni talab qiladi. Shuning uchun vahima qilmasadan sabr-toqat va mehr bilan harakat qilish muhimdir. Agar siz masalaga xotirjamlik bilan yondashsangiz, to`g`ri muvozanat albatta tiklanadi.

Ochiqchasiga gaplashing

Hozirgi vaziyatni birgalikda muhokama qilish orqali o`g`lingiz yoki qizingizni smartfonga nima jalb qilishini tushunishga harakat qiling. Ehtimol, bolada reallikdan uzoqlashishning yashirin sabablari bordir: bular zerikish, stress, ota-onalarning e'tiborsizligi yoki tengdoshlari bilan nizolar bo`lishi mumkin.

Qoidalar o`rnating

Farzandingiz bilan har kuni ekran ortida qancha vaqt o`tkazish maqsadga muvofiqligi haqida xotirjam kelishib oling. Qurilmalardan tez-tez foydalanish xavfi, bu salomatlikka qanday ta'sir qilishi haqida gaplashing. Gadjet o`ynash uchun ma'lum bir vaqt ajrating. Shuningdek, telefon taqiqlangan holatlarni, masalan, dars paytida yoki yotishdan oldin belgilash ham muhim. Siz taqiqni oilaviy o`yinga aylantirishingiz mumkin. Misol uchun, uyda “gadjetsiz” zonalarni yarating. Bu oshxona yoki yotoqxona bo`lishi mumkin. Taqiq hamma uchun — bolalar bilan bir qatorda kattalar uchun ham amal qilishi shart.

Farzandingizning internetdagi faolligini kuzatib boring

Farzandingizdan telefonida nima qilishini so`rang: u qanday ilovalardan foydalanadi, qaysi saytlarga kiradi, qanday ma'lumotlarni qidiradi. Havfsizlik qoidalari haqida gapiring va bolaning ularga qanchalik rioya qilishini tahlil qiling. Internetda nima qilayotganidan xabardor bo`lish juda muhim. Ota-onalar farzandlariga internetdan nafaqat xavfsiz, balki foydali narsalarni o`rganishga yordam berishlari kerak.

Muqobil faoliyat turlarini taklif qiling

Agar o`g`lingiz yoki qizingiz gadjetga juda qattiq bog`langan bo`lsa, ularga boshqa qiziqishlarni toping. Muqobil variantni taklif qiling - ochiq havodagi o`yinlar, sport, kitob o`qish, sevimli mashg`ulotlar yoki do`stlaringiz yoki oilangiz davrasida shunchaki qiziqarli vaqt o`tkazish. Bola har doim virtual do`stidan ko`ra ota-onasi, aka-uka yoki opa-singillari bilan jonli muloqot qilishni afzal ko`radi. Ammo bizda buning uchun har doim ham bo`sh vaqt va xohish bo`lmaydi. Bunday hollarda farzandingiz uchun muhim narsani qurbon qilish qobiliyatingizga bog`liq — bo`sh vaqtingiz, sevimli teleserialingiz, tig`iz ish jadvalingizdan ortib, ularga vaqt ajrating.

Texnologik “oyna” yarating

Gadjetlarni butunlay taqiqlash o`rniga farzandingiz telefon yoki internetda bemalol vaqt o`tkazishi mumkin bo`lgan kun tartibida ma'lum intervallarni yarating. Masalan, 30 daqiqa vaqt ajrating. Uy vazifasini bajarganidan so`ng yoki tushlikdan keyin video tomosha qilish, sevimli o`yinlarini o`ynash va ijtimoiy tarmoqlarda suhbatlashish imkonini bering.

O`zingiz o`rnak bo`ling

Agar ota-onalar doimiy ravishda internetda ishlasa yoki telefonfdan bo`shamasa, bolada ham xuddi shunday odat paydo bo`ladi. O`zingiz faol hayot tarzini olib borishga harakat qiling va elektron qurilmalardan foydalanishni cheklang. Bolalarga dam olish va bo`sh vaqtni o`tkazishning boshqa usullari mavjudligini, ijtimoiy aloqalar va haqiqiy dunyoda jonli muloqot juda muhimligini ko`rsating. Shaxsiy o`rnak - eng samarali dalil, eng yaxshi yordam.

Uy hayvoni boqing

Bu samarali, ammo juda muammoli usul. Avvalo bolalarga uy hayvonlari o`yinchoq emas, balki katta mas'uliyat ekanligini tushuntirish kerak. Chunki bu usul faqat uy hayvonini parvarish qilish bolaga ishonib topshirilgan taqdirdagina ishlaydi. U uy hayvonini boqishi kerak, agar kerak bo`lsa, u bilan sayr qilishi, unga qarashi va g`amxo`rlik qilishi kerak. Bu nafaqat unda mas'uliyat hissini uyg`otishga, balki ijtimoiylashishga ham yordam beradi. Farzandingizning kichik do`stiga g`amxo`rlik qilish qobiliyatiga shubha qilsangiz, do`stlaringizdan uy hayvonini vaqtinchalikka olib turing va u mas'uliyatga qanday munosabatda bo`lishini kuzating.

To Top ↑
To Top ↑