x

Dunyodagi barcha mamlakatlarning o`z milliy bayramlari, urf-odat va an'analari bo`lgani kabi farzand tarbiyalashda ham o`ziga xos yondashuvlari mavjud. Qaysidir mamlakatda bolalarga hamma narsa uchun ruxsat berilsa, boshqalarida kichkintoylar qat'iy qoidalarga rioya qiladilar va zimmalariga yuklangan vazifalarni so`zsiz bajarishlari lozim. Ushbu maqolamizda turli xalqlarda kichkintoylar bilan bog`liq ba'zi qiziqarli an'ana va vazifalar haqida so`z boradi.

1. Hitoy: eng qat'iy kundalik tartib

Hitoylik bolalarning kundalik hayoti og`ir.

Uch yoshdan boshlab Hitoyda bolalarni tarbiyasidagi asosiy narsa – kamtarlik va itoatkorlikdir. Bog`cha yoshidan boshlab har bir bola kattalarning (kim bo`lishidan qat'iy nazar) aytganlarini so`zsiz bajarishlari zarur. Bolalarning kun jadvali ota-onalari tomonidan soatma-soat qilib belgilab beriladi va bu jadval, qoida tariqasida yillar davomida o`zgarmaydi. Bola 4-5 yoshga to`lganida, ota-onasi unga uydagi vazifalarini ham belgilab beradi. Maktabdan tashqari bir nechta to`garaklarga qatnashishi zarur, albatta. Hitoylik ota-onalar farzandlari uchun o`zlari o`yinchoqlarni tanlaydilar hamda ularning bo`sh vaqtlarini qanday o`tkazish kerakligini belgilaydilar, kamdan-kam hollarda ularni maqtaydilar va gap qaytarsalar qattiq jazolaydilar.

2. Tailand: katta bolalar ota-onalar o`rniga kichik bolalarni katta qilishadi

Tailandda bolalar bir-birlarini tarbiyalaydilar va mehnat qiladilar

Tailandda bolalar bir-birlarini tarbiyalaydilar va mehnat qiladilar. Bu erda katta bolalar kichik yoshdagi bolalarga qarashadi. O`ynasalar ham, ishlasalar ham turli yoshdagi bolalar doimiy ravishda birga bo`lishadi. Bolalarga masalan, sabzavotlarni tozalash yoki mevalarni saralash kabi tadbirlar taklif qilinishi mumkin. Bundan tashqari, katta yoshdagi bolalar o`ziga xos moderator bo`lishadi, kichik yoshdagi bolalar esa stajor bo`lishadi. Shu sababli, Tailand bolalari erta mustaqil bo`ladilar. 3 yoshdan 16 yoshgacha bo`lgan bolalarga jamiyat ichidagi xatti-harakatlarini tartibga solish erkinligi beriladi.

Qiziqarli fakt. Tailandliklar hech qachon bolaning chaqirishi yoki yig`isiga yugurmaydilar. Ota-ona yig`layotgan yoki chaqirayotgan bolaga qaraydi, vaziyatni baholaydi va agar u sog`lig`iga tahdid solmasa, chaqiruv/yig`lashni e'tiborsiz qoldiradi, shunda bola o`z muammolarini o`zi hal qilishni o`rganadi.

3. Angliya: hissiyotlarni jilovlash majburiyati

Hissiyotlarga beriluvchanlik sodda odamlar uchun.

Angliyada 2-3 yoshdan boshlab, bola yuqori darajadagi odob hamda hissiyotlarni jilovlay bilish san'atini o`rganish maqsadida maxsus muallimlar bilan dars o`tadilar. Bu bolalar bog`chalari qoshidagi maxsus kurslar bo`lishi mumkin. Bola katta bo`lganida, ba'zi demokratik ota-onalar unga odob-axloq borasida o`zini-o`zi tarbiyalashni taklif qilishlari mumkin: internetdagi video darslar va odob-axloq qoidalari bo`yicha kitoblar. Bola stol atrofida o`zini tutishni, jamiyatda o`zini tutishni o`rganishi kerak. Ingliz ota-onalari bolaga mehrlarini tez-tez va doimiy ravishda bildiradilar, ammo bosiqlik bilan. Bu narsa shuningdek, inglizlarda birinchi farzandlarining 35-40 yoshga kirganlarida tug`ilishi bilan bog`liq.

4. Frantsiya: mustaqil xaridlar

Frantsuz bolalari mustaqildirlar.

Frantsiyada bolalar erta ulg`ayadilar va erta mustaqil bo`ladilar. Qonunga muvofiq bolalar uyda yolg`iz qolishlari, mustaqil ravishda maktabga borishlari va xaridlar qilishlari mumkin. Erta yoshda (1-2 yosh) ota-onalar farzandlarini bolalar bog`chasiga berib, o`zlari ishlashga ketadilar. Kichik yoshdagi bolaga doimo ota-onalar tarafidan biror bir narsada yordam berish taklif qilinadi: qahvaga sut qo`shib berish, non solingan likopchani olib kelish, chiroqni o`chirish va hokazo.

Dilmurod TILOVOV tayyorladi

To Top ↑
To Top ↑