Farzandingiz norozi va achchiqlangan holatda, siz esa bundan toqatingiz toq bo`lgan vaqtda unga baqirish, urishish yordam bermaydi. Aksincha, holat yanada yomonlashishi, farzandingiz battar injiq bo`lishi mumkin. Bunday paytlarda bor irodangizni mushtga to`plab, sababini aniqlashga urinib ko`ring.
Har bir bola, hattoki eng odoblisi ham vaqti-vaqti bilan tom ma'goda farishtadan kichkina mahluqchaqa aylanadi. U injiqlanadi, asabiylashadi, doim “Istamayman! Qilmayman! Yoqmaydi! Yo`q…” kabi gaplarni qaytaradi va har bir navbatdagi “yo`q” jahlni avjiga chiqarib, asab tizimingiz asta-sekin qaynay boshlaydi. Aqlan hissiyotlar portlashi yaxshi emasligini tushunib turgan bo`lsangizda, navbatdagi injiqlik sizni “portlatadi”. Natijada, ham bolalar, ham kattalar azoblanadi. Ho`sh, undu nima qilish kerak? Sabrni qayerdan olish mumkin? Sevimli va qadrli farzandlarimiz bilan nizolarning oldini olsa bo`ladimi? Quyida shu bo`yicha ayrim maslahatlar taqdim etamiz. Biroq bundan avval bolalar injiqlik qilishining sabablariga to`xtalishimiz maqsadga muvofiq bo`ladi.
Bolalar injiqligining sabablari
1. Juda ko`p sarflanmagan energiya to`planib qolgan
Agar bola uzoq vaqt faolliksiz qolgan bo`lsa, aytaylik, mul'tfil'm ko`rgan yoki mashinada qimirlamasdan o`tirgan bo`lsa, u shu vaqt ichida to`plangan kuchini albatta chiqarishi shart. Bola uchun uzoq vaqt statik holatda qolish tabiiy emas. U huddi jo`shqin oqadigan va harakatda bo`ladigan daryoga o`xshaydi. Nima qilish kerak. Unga yugurish, sakrash, emaklash uchun imkon yarating. Har qanday jismoniy mashqlar bu g`ayratni kamaytirishga yordam beradi.
2. Bola hayajonlangan va nohush hissiyotlar girdobida
Kichkintoy qo`rqqan bo`lishi, siz esa buni hatto sezmagan bo`lishingiz mumkin. Yoki uning nimadandir jahli chiqishi, havotirlanishi mumkin. Albatta, bu hissiyotlarning barchasi yomon kayfiyat ko`rinishida tashqariga chiqa boshlaydi. O`z hissiyotlarini nazorat qilish va atrofdagilarga salbiy munosabatda bo`lishdan hamma kattalar ham o`zini tutolmaydi. Bolalarni-ku aytmasa ham bo`ladi. Kattalar uchun bolalarning hajonlanish uchun sabablari jiddiy ko`rinmasada, ularga e'tibor va hurmat bilan qarash kerak. Bolaga bu ahamiyatsiz narsa deyish kerak emas. Agar sabab shunday munosabatni yuzaga keltirgan bo`lsa, demak u bola uchun ahamiyatli va bunga e'tibor berish kerak.
Nima qilish kerak? Uni tushunayotganingizni ayting. Siz ham qo`rqqan, jahlingiz chiqqan bo`lishi mumkinligini ta'kidlang. So`ngra uning e'tiborini ijobiy narsaga qaratishga harakat qiling.
3. Bola ochiqqan yoki chanqagan
Ba'zan kichkintoyning qorni ochganini tushunish oddiy narsadek tu.ladi. Biroq, asosiy qiyinchilik shundaki, hamma bolalar ham ovqatlanish yoki suv ichish istagini anglab etmaydi. Ular noqulaylik sezadi, ammo negaligini tushunmaydi. Nima qilish kerak. Muntazam ravishda so`rang, taklif qiling, ba'zida esa majburlang. Ayniqsa, bu issiq kunda ichimliklarga tegishli.
4. Bola charchagan
Bolalarda charchoqni chaqiradigan sabablar ko`p. Jismoniy sabablardan tashqari (uzoq vaqt yurish yoki davomiy faol o`yinlar), ruhiy sabablar mavjud. bola yuz berayotgan holat qiziq bo`lmasa yoki harakat o`ta uzoq davom etsa charchaydi. Shuningdek, bola ijobiy hissiyotlar ortiqchaligidan charchab qolishi mumkin. Ko`pincha ota-onalar attraktsionli parkka tashrif, muzqaymoq va ko`plab ko`ngilochar joylardan so`ng farzandlari ming`irlab jahli chiqqaniga hayron bo`lishadi. Buning javobi oddiy: yaxshi narsa ham me'yorida bo`lishi kerak.
Nima qilish kerak? Bolaga dam olishi yoki bir faoliyat turidan boshqasiga o`tish imkonini berish kerak.
5. Bola kasal bo`lib qolgan
Ba'zida ertalab bola quvnoq, serharakat bo`ladi, so`ngra kimdir birdan tumblerni o`chirib-yoqqandek barchasi o`zgaradi. U injiqlanib, yig`laydi va qarshilk ko`rsatadi.
Nima qilish kerak? Bolaga razm soling. Peshonasini ushlab ko`ring, haroratini o`lchang va asos bo`lsa shifokorga murojaat qiling.
6. Bola o`zining fikrini qat'iy ushlab olgan
Hamma o`zini muhim deb hisoblashni istaydi, jumladan bolalar ham. Hattoki, eng kichik yoshdagilar ham o`z fikri va qarashlariga ega shaxsdir. Bolalar ba'zida bo`lsa ham vaziyatni boshqarishni va qarorlarni mustaqil qabul qilishni istaydi. Qayerga borish, nima kiyish, qanday o`yinchoqlarni olish, qaysi yo`lni tanlash, kafeda nima buyurish. Bu ularning o`ziga baho berishini oshiradi.
Nima qilish kerak? Agar siz uchun o`ta ahamiyatli bo`lmasa uning fikriga rozi bo`ling. Agar u talab qilayotgan narsani qabul qila olmasangiz, negaligini yotig`i bilan tushuntiring.
7. Bola kattalardan nusxa oladi
Har bir odam shaxsiy sifatlar to`plamiga ega, noyob va ikkita bir xil odam yo`q. Biroq, atrof-muhit bizga huddi suv toshni yo`nganidek ta'sir ko`rsatadi. Biz o`zimiz anglamagan holda bir-birimizga taqlid qilamiz va o`xshab qolamiz. Amerikalik ruhshunoslar tomonidan o`tkazilgan tajriba mavjud. Unda izolyatsiyalangan xonaga yaxshi kayfiyatdagi ikki kishi taklif qilingan. Ular tanishib, bir-biri bilan muloqot qila boshlagan. Honaga yomon kayfiyatdagi uchinchi odam kirgan. U jimgina bo`sh stulga o`tirib, hech narsa demagan, qimirlamagan, so`zlashmagan, suhbatda ishtirok etmagan. Shunga qaramay, qolgan ikki ishtirokchining kayfiyati yomonlashgan. Bolalar uchun oila va yaqin atrofdagilar huddi shu xona kabidir. Agar ota va ona asabiylashsa yoki jahldor bo`lsa, bola tez orada huddi shu holatni qaytaradi. Bolalar bizning kayfiyatimizga juda ta'sirchan va barchasini singdirib oladi.
Nima qilish kerak? O`zingizga ehtiyot bo`ling va hissiyotlarni nazorat qiling.
Foydali maslahatlar
Ba'zida bolalar doim o`ziga e'tibor talab qilib, g`ashga tegadi va bir qadam ham tinch qo`ymaydi. Quyida bunday harakatning eng ko`p kuzatilgan sabablari: Zerikarli. Bolaning mashg`ulotini o`zgartiring yoki unga mos o`rtoqlarni toping. Darhol muhim fikrni bo`lishish kerak. Shunchaki tinglang. Maqtov kerak. Nihoyat, bolangiz uzoq vaqt davomida ko`rsatishga yoki aytishga urinayotgan narsaga e'tibor qarating va maqtab qo`ying. Muhimi, asoslangan talabni injiqlikdan farqlay olish va muvofiq ravishda harakat qilish kerak. Agar bola xudbinlarcha olam faqat uning atrofida aylanishini talab qilayotgan bo`lsa, unga nohaqligini tushuntiring. U boshqalar kabi oiladagi barcha a'zolarning manfaatlarini hisobga olishi kerak. Nizoli vaziyatda doim tushuntirishdan boshlang va imkon boricha tanlov yarating. Faqat keyingina bolani majburlash mumkin. Ba'zida urushishga ham to`g`ri keladi, ammo buni oxirgi chora sifatida qo`llash mumkin. Bolalarga nimadir tushuntirayotganda ular sizni to`g`ri anglayotganiga va bir narsa nazarda tutilayotganiga ishonch hosil qilish kerak.
Urishish emas, tushunish kerak
Sabr kosangiz to`layotganini sezgan zaxoti o`zingizga “to`xta” deng. Bir necha marta chuqur nafas oling (yaxshisi nafasni bir necha soniyaga ushlab turing). So`ngra kichkintoyning asabiy holati sababini aniqlashga harakat qiling va uni bartaraf eting. Aksariyat hollarda osongina nizoning oldini olishga erishasiz. Odatda, bola zarar etkazish uchun emas, balki asosli ravishda o`zini siz kutgandek tutmaydi. Uni urishish kerak emas. Ehtimol u qandaydir qo`rquv yoki boshqa sabablar ta'sirida shunday qilayotgandir. Bunday paytda unga qattiqqo`llik qilishingiz esa nohaqlik bo`ladi, albatta.