x

Ota-ona oʻz bolalarini tarbiyalash huquqiga ega va tarbiyalashi shart.

Ota-ona oʻz bolalarining tarbiyasi va kamoloti uchun javobgardir. Ular oʻz bolalarining sogʻligʻi, jismoniy, ruhiy, maʼnaviy va axloqiy kamoloti haqida gʻamxoʻrlik qilishlari shart.

Bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish ularning ota-onasi zimmasiga yuklatiladi.

Ota-ona oʻz bolalarining qonuniy vakillari hisoblanadilar hamda har qanday jismoniy va yuridik shaxslar bilan boʻlgan munosabatlarda, shu jumladan sudda alohida vakolatsiz ularning huquq va manfaatlarini himoya qiladilar.

Ota-ona oʻz bolalarini tarbiyalashda boshqa barcha shaxslarga nisbatan ustun huquqqa ega.

Ota-ona bolalarining qonun hujjatlarida belgilangan zarur darajada taʼlim olishini taʼminlashi shart.

Ota-ona voyaga yetmagan bolalariga taʼminot berishi shart.

Ota va ona oʻz bolalariga nisbatan teng huquq va majburiyatlarga egadirlar.

Farzand toʻla muomalaga layoqatli boʻlsa, uning majburiyatlari boʻyicha, xususan, u yetkazgan zarar oqibatida kelib chiqqan majburiyatlar boʻyicha ona-onalar javobgar boʻlmaydilar.

Shaxs quyidagi hollarda toʻla muomalaga layoqatli deb topiladi:

► voyaga yetganda (18 yoshga toʻlganda);

► emansipatsiya (voyaga yetmagan shaxsni toʻla muomalaga layoqatli deb topish) qilinganda;

voyaga yetmagan shaxs qonuniy nikoh munosabatlariga kirishganda.

Ota-onalik huquqlari bolalar 18 yoshga toʻlganlarida (voyaga yetganda) tugaydi.

 

 

To Top ↑
To Top ↑