Bolalarning umumiy axloq qoidalari va hayotiy xavf-sizliklariga zid boʻlmagan qilgan xato ishlariga koʻz yumish yoki eʼtibor bermaslik kerak. Chunki ular xato qilganlari sari tajriba orttiradilar.
Tajriba muvaffaqiyat sari odim tashlayotgan kishi uchun eng kuchli xotira sanaladi.
Bola amaliyotda nimalardir qilsagina nimalarnidir kashf qiladi.
Agar ota-ona "Oʻgʻlim, qizim bu ishni sen qilma, men oʻzim eplayman” qabilida gaplar aytib farzandining tajriba orttirishiga toʻsqinlik qilsa, uning katta hayotda aynan mana shu ish uchun boshqalarga muhtoj boʻlib qolishiga sabab boʻladi. Bu misolni umumlashtiradigan boʻlsak, katta hayotda asqatadigan koʻp tajribalarni orttirmaslik kishining kelgusi hayotda butunlay boshqa kishilarga muhtoj boʻlib qolishiga olib keladi.
Keragidan ortiq himoya qiluvchi va "oʻta mehribon" oila ichidagi bola oʻzini va oʻz qobiliyatlarini kashf qilolmaydi. Xato qilishdan qoʻrqadi. Bola tavakkal biron ishga qoʻl urib xato qilmasa va uni tuzatishni eplay • olmasa, katta hayotda ham tashlagan har qadamida beqaror va qoʻrqoq boʻlib qoladi.
Biz ijtimoiy hayotga koʻnika olmagan bolalarni "ota-onasiga bogʻlanib qolgan" deya olmaymiz. Chunki bular bolalik davrlarida ota-onalariga qattiq bogʻlanib qolgan boʻlsalar xam ulgʻayganlarida maktabdagi oʻquvchi doʻstlarining yetakchilariga, turmush qurganlarida ota-ona, turmush oʻrtoqlariga bogʻlanib qolish ehtimoli baland boʻladi. Ota-onadan soʻng boshqa turli kishilarga bogʻlanib qolish shunchaki "ogʻish" dan iborat xolos. Vaholanki, ota-onalarning farzandlariga qattiq bogʻlanib qolishlari yolgʻiz ular uchundir. Ularning oʻrniga boshqasini aslo qoʻymaydilar. Ota-onalardagi bogʻlanish faqat bir nuqta va bir moʻljalga qaratilgan boʻladi. Bolalarda esa oʻsha atrofdagi "eng kuchliga" qarab egiladi.