x

Ko`p va xo`p ta'kidlanganidek, farzand ulug` ne'matdir. Har qanday ota-ona uchun avvalo farzandining baxti, uning etuk inson bo`lib kamolotga etishi muhim sanaladi. Biroq ba'zi holatda ota-onalarning o`z farzandiga bo`lgan e'tibori me'yordan oshib ketsa, uning ayrim salbiy oqibatlari ham kelib chiqishi mumkin.

1. Farzandiga qattiq bog`lanib qolgan ota-ona bolasi qilishi kerak bo`lgan narsani o`zi qilavergani uchun uni hayotga etarli darajada tayyorlay olmaydi.

2. Bola qattiq mehrdan bezovta bo`lshi va bu holatni suiiste'mol qilishi mumkin.

3. Bunday ota onalar farzandlarini uylantirganlaridan keyin ham kelinning o`g`illarini o`zlaridan tortib oladi degan xavotir bilan yashaydilar. Uning hayotiga haddan tashqari ortiqcha aralashadilar.

4. Yana bunday ota-onalar farzandlarining o`z xohish istaklariga ko`ra kasb tanlashlarini istaydilar. Bolalarning istak, imkoniyat va qobiliyatlarini inobatga olmaydilar

5. Farzandiga qattiq bog`lanib qolgan ota-onalarning farzandlari voyaga etgandan so`ng ham biror ish uchun qadam tashlashda ikkilanadilar, Bu holat esa ham ota-ona, ham bola uchun yoqimsiz tashvish paydo qiladi.

Shu o`rinda aytish kerakki, ota-onaning bunday xatti-harakatlari faqat bolaga emas, balki o`zlariga ham turli qiyinchilik tug`diradi. Masalan, farzandlari bilan bog`liq noxush hodisalarda o`zlarini yo`qotib qo`yadilar, sabr qilolmaydilar. Bunday holatlarda esa ular jiddiy ruhiy stress holatlariga tushib qolishlari mumkin.

To Top ↑
To Top ↑