x

Pedagogika fani ona-bola o`rtasidagi munosabatlar palatada kilish jarayonida katta bir xakikatni aniqladi. Shu tariqa ona-bola o`rtasidagi mukammal aloka siri biroz anglashilgandek bo`ldi.

Bola o`stirish juda katta mas'uliyat. Bir bolaning tug`ilishidan o`limigacha barcha mas'uliyatni ko`tarib yurish juda murakkab vazifa. Shu sababli hamma ham bunday fidokorlikni ko`tara olmaydi.

Bola dunyoga kelishi bilan hech jirkanmasdan uning tagini muntazam almashtirish, bemalol o`zi yura oladigan bo`lgunicha har joyga quchoqda ko`tarib borish, tunda uxlamaslik, kunduzi esa atrofida parvona bo`lish ham- maning ham qo`lidan keladigan ish emas. Bola katta qilishning mana shunday kiyin jarayon ekanini bila turib kabul kilish uchun kuchli iroda kerak bo`ladi.

"Bola bilan ona o`rtasidagi bog`lanish jarayonida onalarda ana shunday kuchli iroda paydo bo`ladi va ruxiy jixatdan baquvvatlashadi. Ana shu davrda ona bolasiga butun vujudi bilan bog`lanadi. Agar ana shunday ruhiy bog`lanish qurilmasa, bola katta qilish juda murakkab ishga aylanadi. Bolaning o`zi sezmagan holda qiladigan harakatlariga chidash qiyinlashadi. Ona tom ma'noda asabiy bulib koladi. Hatto bola arzimas bo`lib tuyulgan xarakati uchun ham jazolanib qolishi mumkin bo`ladi.

Ona bilan bola o`rtasidagi sirli aloqaning ma'nosini yanada teranroq tushunish uchun bola bilan xolasi o`rtasidagi munosabatga bir nazar solib ko`rish kerak.

Hamma xolalar ham o`z jiyanlarini yaxshi ko`radi. Uni bag`riga bosadi, o`padi, erkalaydi, unga sovg`alar oladi va xokazo. Singlisining biron ishi chiqib qolsa bajonidil uning farzandiga qarashga rozi bo`ladi. Faqat bir necha soat, boringki, bir necha kunga cho`ziladigan bu mexribonlikning bir necha oy yoki bir necha yilga suritib ketishini tasavvur qiling. Hola albatta, o`zgara- di, o`z jiyani bo`lsa ham bu ish unga og`ir tuyula boshlay- charchaydi va okibat...

Aslida xola onaning yarmi emasmidi? O`z jiyani bo`lsa xam nima uchun unga ko`proq muddat qarash og`ir botyapti? Ha, ona yagona hisoblanadi. Hatto ota ham uddalashga ojiz bo`lgan bunday og`ir yukni ona bajonidil eng mukammal tarzda ado qiladi. Uni yagona qilgan narsa ham aslida shudir. Ona ota yoki xola kabi emasdir. Ona faqat ona kabidir. Faqat onaning ONA bo`lishi uchun farzandi bilan o`rtasidagi ko`prikni mukammal qurishi kerak bo`ladi. Agar ona bolasi bilan sog`lom munosabat o`rnata olmasa, "ota kabi onalik" yoki "xola kabi onalikdan nariga o`tolmaydi. Bolasi bilan sog`lom munosabat kurolmagan onaning eng asosiy belgisi sabrsiz likdir. Bolaning qiliqlari onani charchatadi. Ayniqsa bolaning uyin uynash, suxbatlashish ehtiyojlarini qondirishda qiynaladi. Shunday ekan, har bir ona bolasi bilan mustahkam aloqa qurish jarayoniga ta'sir qiluvni xar kanday salbiy holatlarni hisobga olishi lozim buladi. Bu esa uning kelgusida mukammal ona bo`lishiga zamin tayyorlaydi.

"Bola tarbiyasida to`g`ri ko`rilgan xatolar" kitobidan

To Top ↑
To Top ↑