x

Ota-ona va farzand o'rtasidagi munosabatlar doim ham ijobiy bo'lavermaydi. Ba'zan bolalar ota-onaning aytganlarini bajarmasa, ba'zida ularning xohishlarini ota-onalar tushunmaydi. Sizda ham farzandlaringiz bilan munosabatlaringizda muammo bo'lsa, quyidagi tavsiyalar asqotadi degan umiddamiz.

Shirinso'z bo'ling

Eng avvalo farzandingizga qattiq gapirmasdan toʻgʻri tushuntirishga harakat qiling. Farzand mehribon onani hurmat qiladi. 

Boshqalarga qiyoslamang

Boshqa bolalarni unga misol qilib ular bilan taqqoslayvermang. Bu bilan farzandingiz oʻzini yomon his qiladi va xafa boʻladi. 

Quloq tuting

Farzandingizni koʻproq tinglashga, har bir gapini eshitishga harakat qiling.

Sportga bering

Farzandingizni sportga  bering. Sport farzandingizning koʻplab ijobiy jihatlarini shakllantiradi. Bu ishda dangasalik qilmang zero farzandingiz kelajagi sizga bogʻliq

Hozirdan farzandingizga eʼtiborli boʻlmasangiz, kelajakda yutuqqa erishgan insonlarning farzandlariga qarab havas qilasiz. Chunki ular shunga yarasha xizmat qilishgan. Shunday ekan, oʻz farzandlaringizga mehribon boʻling. Xalqimizning ajoyib maqoli bor: "Nima eksang, shuni oʻrasan". Bugundan shu maqolga amal qilishni boshlang.

To Top ↑
To Top ↑