x

Bolalar ertalabdan yetarli miqdorda oqsil qabul qilishi juda muhim. Bu ularning o‘sishi uchun zarur ekanligi dunyo dietologlari tomonidan ta'kidlab kelinadi.

Qayd etilishicha, bola uchun foydali nonushta dasturxonida kotlet, qizil baliq va pishloqli sendvich bo‘lishi mumkin. Shuningdek, bunday nonushtaga qand qo‘shilmagan sut yoki qatiq mahsulotlari ham to‘g‘ri keladi. Chunki sut mahsulotlari bolani yetarli darajada kalsiy bilan oziqlantirish uchun eng hamyonbop mahsulot hisoblanadi. Faqat bunda bolaning sut mahsulotlarini yaxshi hazm qila olishini tekshirish kerak.

Kalsiy bolalarning suyak qismi rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. Agar bolada kalsiy yetishmasa, unda bu borada muammo kuzatilishi mumkin. Shuning uchun ertalabki taomnomaga tvorog, yogurt, sutli toblama va hokazolarni kiritish mumkin. Rossiyalik dietologlardan biri shakarsiz sut mahsulotlari bolalarda husnbuzalarni keltirib chiqarmasligini ma'lum qilgan.

To Top ↑
To Top ↑