x

Yemon kayfiyat sizga ortiqcha kilogrammlarni ko`shib yuborishi yoki ozib ketishingiz mumkin. Chunki ayrim odamlar xafa bo`lganida ovqat chaynash bilan o`zlarini tinchlantirsa, ayrimlar umuman ovqat emay ko`yadilar. Bu ikki holat ham siz uchun o`ta zararli. Ishtahangiz karnay bo`lib turgan bir paytda, yanayam ko`p ovqat eyish sizning holatingizda qandli diabetga yoki tomirlarga og`irlik tushishiga olib kelishi mumkin. Bolaning etilib ketishi ham turish jarayonida qiyinchilik tug`diradi. Hozir esa ko`p ovqatdan tiyilish uchun nimalar qilish to`g`risida bilib oling.

Kun botgandan keyin eyilgan ozuqa tanangizda ortiqcha yor to`planishiga sabab bo`ladi. Kechasi qorningiz ochib uygonsangiz, iloji bulsa ishtahani yo`qotuvchi asal solingan limonli choy iching. U moyni erituvchi xususiyatga ega. Judayam ovqatlangingiz kelsa, suzma yoki tvorog eb oling, uning oshqozonga salbiy ta'siri yo`q. Yana petrushka, shivit, ko`k piyozni bir dona sarimsoqpiyoz bilan birga maydalab, tvorog yoki suzmaga qo`shib iste'mol qilsa ham bo`ladi.

                                                                                                                                                                                                                                                                  "Hademay ona bo`lasiz" kitobidan

To Top ↑
To Top ↑