x

Kembrij universiteti tadqiqotchilarining fikricha, bola uch yoshida asosiy moliyaviy tushunchalarni anglashga qodir. Besh-etti yoshda allaqachon bularni batafsilroq bilishi kerak, shuning uchun tanishtirishni yoshligidan boshlang. Horijdagi bir boshlang`ich maktabda moliyaviy savodxonlikni o`rgatish dasturini boshqaruvchi o`qituvchi darslarni avval bolaning xohish-istak va extiyoj orasidagi farqlarni ajrata bilish qobiliyatini aniqlashdan boshlaydi. So`ng byudjetni rejalashtirish, jamg`arish, ish va pul orasidagi muomala va yashash xarajatlari haqida tushuncha berib o`tadi. Bu maktab o`quvchilarida alohida qiziqish uyg`otadi. O`qituvchining fikricha, har bir ota-ona o`z bolasiga oilaviy byudjet haqida gapirib bersa, bu dasturning kul'minatsion nuqtasi bo`ladi. Bolalar ota-onalari pul topish uchun qanday mehnat qilishlarini va pullarini qanday sarflashlarini amalda tushunib etadilar. Bu bosqichda bolalar uchun eng muhimi ham shu - pulning qiymatini anglab etish. Bola dars orqali cho`ntak pullarini mehnat qilib ishlab topish mumkinligini, pulni kadrlash va uni oqilona sarflashni o`rganadi.

                                                                                                                                                                                                                    " Men, bolan va pul " kitobidan

To Top ↑
To Top ↑