x

Tadqiqot natijalariga ko`ra o`quvchidan muvaffaqiyat kutish yuqori bo`lsa, bolaning muvaffaqiyati ortadi. Buning ajablanarli joyi yo`q. Qizig`i shun- daki, o`qituvchining noto`g`ri qarashlari kuchli bo`lsa va u o`kuvchidan muvaffaqiyat kutmasa, o`qituvchining e'tibori va g`amxo`rligidan mahrum bo`lgan bu bolalar muvaffaqiyatsizlikning qorong`i yulaklarida adashib qolishadi. Befarqlik, beparvolik va  «muvaffaqiyat kutmaslik» o`quvchini muntazam ravishda mag`lub bo`lishga ko`niktirib qo`yishi mumkin. Muvaffaqiyatni haddan tashqari kutishning oqibatini bilamiz, ammo muvaffaqiyatga umid bog`lamaslikning oqibati qayerga olib boradi?

Holis va beg`araz o`qituvchilar tomonidan kuzatilgan uchta o`kuvchilar guruhi ham xuddi shunday muvaffaqiyatni ko`rsatdi. Tarafkash o`qituvchilar ergashadigan va yuqori natijalarni kutadigan ikkala guruh ham muvaffaqiyatli. Ular hatto xolis o`qituvchilarning shogirdlaridan ham biroz oshib ketishadi!

Bundan farqli o`laroq, o`qituvchilari «yaxshi emas» deb hisoblaydigan «Golem qurboni» hisoblangan o`quvchilari sezilarli darajada kam harakat qili- shadi. Bu, ayniqsa, imtihonga tayyorlanish paytida yuzaga chiqadi. Nega deysizmi? Chunki bu jarayon uzoq davom etar ekan, o`qituvchilar o`quvchilar bilan tez-tez va yaqin muloqotda bo`lishadi. Bu esa o`kuvchining faoliyatiga ko`proq ta'sir ko`rsatadi.

                                                                                                                                                                                                                          "Bolalar muvaffaqiyatga qanday erishadilar" kitobidan

 

To Top ↑
To Top ↑