Agar insonda o`ziga nisbatan ishonch bo`lmasa, o`zida ko`tarinki kayfiyatni hosil qilolmaydi. Sizni «Men qanday ona bo`laman?», «Bolamni bir o`zim parvarishlay olamanmi?», «Ishimga qatnay olamanmi?», «Oilada pul muammosi kanday bo`ladi?» kabi savollar qiynashi mumkin. Ming uylagan bilan echilib qolmaydigan savollar to`g`risida ortikcha bosh qotirgandan ko`ra hozircha oddiy homilador ayol bo`lib turing. Hudoga suyaning, bo`lg`usi onalar hamisha ularning nazarida bo`lishlari rost. Kunglingizni xotirjam qilsangiz, o`zingizga ham, tugilajak farzandingizga ham foydasi bor. Ko`prok bolangiz bilan muloqotda bo`ling, ichingizga qo`lok soling...
Yangi hamsuhbatlar
Faqat o`z qobiringizga o`ralib qolmang. Homilador ayollar bilan suhbatlashib, yangi tanishlar orttiring. Bu ko`nglingizdagi xavotirlarni yo`qotishga ko`mak beradi. Shuning uchun ko`pincha shifoxonada tanishgan ikkita bo`lajak ona o`rtoqlashib ketadilar va keyinchalik ham bordi-keldini uzishmaydi. Atrofingizda sizni tushunadigan odamlarning borligi kayfiyatingiz tushishiga yo`l qo`ymaydi.