x

Bu bosqichda o`smir xarajatlarning ahamiyatini anglashi muhim. Inson biron narsasiga etishish uchun imkon qadar pullarini tejashni o`rganishi kerak. O`smirga «Men bu narsaga ega bo`lishim uchun uch hafta sabr qilishim va ortiqcha narsalarga pulimni ishlatmay nafsimni tiyishim kerak» degan fikrni singdiring.

Ota-onalar cho`ntak pulini farzandining bank kartasiga o`tkazib berishsa, tahlikaga o`rin qolmaydi. Chunki sizda xarajatlar ro`yxatini kuzatib borish imkoniyati paydo bo`ladi.

O`smirlik davri

Ushbu bosqichda oldindan o`rgatib borilgan moliyaviy bilimlar o`z samarasini bera boshlaganini sezasiz. O`smirlar moliyaviy jihatdan mustaqil bo`lib, pulni qanday va qayerga sarflashni yaxshiroq tushuna boshlaydilar.

Ba'zan xatoga yo`l qo`yish ehtimoldan xoli emas, shuning uchun farzandingizni mablag` bilan qo`llab-quvvatlashni istasangiz, unga alohida karta ochganingiz ma'qul. Mutaxassislar o`smir yoshdagilarga qarz va foiz kabi tushunchalarni maktabda matematika va iqtisod darslarida o`rgatish ayni muddao degan fikrda.

O`smirlar, odatda, uy-ro`zg`or xarajatlarini to`laligicha baholay olmaydilar. Kommunal xarajatlarni to`lash uchun javobgarlikni zimmalariga yuklash ularda tejamkorlik borasidagi mas'uliyatni oshiradi. Farzandingizdan xiz- mat ko`rsatadigan shirkatlarni solishtirishni, ularning foydali va zararli tomonlarini baholashni so`rang. Agar arzonroq variantni topsa, tejagan pulini o`ziga bering.

To Top ↑
To Top ↑