x

Nozik, yumshoq, sezgir, yoqimli chaqaloq terisi - tabiiy to`siqdir, shuning uchun u alohida gigiyena va parvarishni talab qiladi.

Chaqaloq terisini parvarish qilishga mo`ljallangan turli xil mahsulotlarning keng tanlovi ko`pincha ota-onalarni chalkashtirib yuboradi. Chaqalog`ingiz uchun aynan qaysi biri to`g`ri kelishini tanlash oson emas.

Chaqaloqning sog`lom terisiga (taglik sohasidan tashqari) krem yoki losyon surtmaslik kerak. Chunki bunday qilsangiz, terining tashqi muhitga tabiiy moslashishi buziladi.

Taglik sohasi uchun kremlar suv asosida tayyorlangan, allergensiz, yumshatuvchi va terida namlikni ushlab turadigan bo`lishi kerak. Cho`miltirish uchun sovun o`rniga maxsus vositalar - bolaning terisini qichitmaydigan, teridagi gidrolipidli himoya qatlamini yuvib yubormaydigan yumshoq gellar, qattiq sovunlar tavsiya etiladi.

Bolalar terisi uchun mo`ljallangan yumshoq tozalagichlar - "sovunsiz" sovunlardir, ular yumshoq, ammo terini oddiy sovun kabi tozalaydi. Yumshoq yuvish vositalari qattiq (qo`l va yuzni yuvish uchun) yoki suyuq (tanani yuvish uchun) bo`ladi; shuningdek, ular bakteriyalarning ko`payishiga to`sqinlik qiladigan terining tabiiy himoya plyonkasini saqlaydi, teriga ijobiy ta'sir ko`rsatadi, teridagi teshikchalarni yopib qo`ymaydi va badanni qichitmaydi.

Bundan tashqari, terini artish uchun chaqaloqlarga mo`ljallangan mitsellyar suvdan foydalanishingiz mumkin; u chaqaloqlar va katta yoshdagi bolalarning nozik terisini, shuningdek, yuzi, ko`zlari, qo`llari, teridagi ajinlari va taglik sohasini ehtiyotkorlik bilan tozalashda ishlatiladi. Bu vosita yangi tug`ilgan chaqaloqlar va katta yoshdagi bolalarning terisini yumshatadi, teriga yaxshi ta'sir qiladi va ko`zlarga zarar etkazmaydi. Uning tarkibida chaqaloq terisini qichitadigan turli xil kimyoviy moddalar mavjud emas. U teriga paxta bilan surtiladi va toza suvda yuviladi. Mitsellyar suvning barcha komponentlari 98% tabiiydir.

Bolalarni cho`miltirish vositalaridan haftasiga 2-3 martadan ko`p foydalanmaslik kerak, ular "iloji boricha tezroq va imkon qadar kamroq" tamoyili asosida ishlatilishi zarur.

 

To Top ↑
To Top ↑