Qadimda homilador ayol yonida urishish, so`kinish va xatto baland ovozda gapirish ayb sanalgan. Bo`lajak onaning hamma aytganlarini bajo keltirib, hamma injiqliklarini ko`tarib, uni asrab-avaylaganlar. Hayot tajribalaridan kelib chiqib bobo-momolarimiz bo`lajak ona hayajonlani- shi, siqilishi, ruhiy qalqishi mumkin emasligini tushunishgan. Bizning davrimizga kelib ham buni xech kim inkor etgan emas. Homiladorlik davri ayol kishi uchun yaxshiliklarni qabul qilishning ayni payti. Erlar va qaynonalar uni deraza yuvish, bozor-o`char qilish, ogir buyumlarni ko`tarish kabi kiyin ishlardan ozod qilsa maqsadga muvofiqdir. Ish joyidagilar esa ularning majburiyatlarini kamaytirib, bir piyola issiq, choy bilan siylasalar, savobi katta bo`ladi. Hatto eng kattiqqo`l boshliq ham unga nisbatan extiyotkorona munosabatda bo`lishi kerak. Qisqasi, og`iroyok ayol faqat samimiy mehrlar qurshovida yashashi uning va tugilajak farzandining kelajagi uchun juda zarur.
Bo`lajak onaning o`zi uchun qulay, yaxshi sharoit yaratishga intilishlarini xo`dbinlik deb baholamang. U xayotini go`zal, totli qilishi, o`zi bilan birga bolaning ham kayfiyatini ko`tarishida foydali xaridlarning ham ta'siri bor. Shuning uchun qo`shimcha xarajatlar uchun bo`lajak otaning jahli chikmasin. Ona uzi uchun xamma narsadan tiyilishi mumkin. Ammo vujudidagi bolaning kayfiyatini tushkunliklardan asrash ham uning zimmasida, to`g`rimi?!
Buni o`zingiz o`qib bo`ldingiz-a, endi yaqinlaringizga ham o`qib bering.