Tushkun kayfiyatni keltirib chiqaruvchi sabablardan biri charchoqdir. Bo`lajak ona avvalgiga nisbatan o`zini bo`sh qo`yishi, ko`proq dam olishi kerak. Bu davrda hayotini avvalgidek faol davom ettirmoqchi bo`lgan ayollar o`zlariga asab kasalliklarini orttirib olishadi. Ko`ngil aynishining o`zi xam sizni holdan toydirib ko`yadi. Ehtimol, siz avval ertalabdan uy ishlari, kunduzi davlat ishi, keyin biror bir chet tilini yoki boshka narsalarni o`rganish bilan shug`ullanib, kechkurun yana ruzgor tashvishlariga sho`ng`igan bo`lsangiz, endi bularning hammasi sizga og`irlik qiladi. Turmush tarzingiz o`zgarayotganiga xafa bo`lmang. Homiladorlikning ikkinchi yarmida siz yana qiziqarli, faol xayot jilovini o`z qo`lingizga olasiz. Hayotingizning asosiy bosqichi endi boshlanayapti va u sizga shirin lahzalarni va'da qilayapti. Shuning uchun hozircha o`zingizni urintirib qo`ymay, ko`proq dam oling.