Zaharlanish belgilari har xil bo`lishi mumkin va ba'zi hollarda zaharli moddalarni yutib yuborgan bolalar birmuncha vaqt davomida hech qanday muammoga duch kelmasliklari mumkin.
Kasallik alomatlari, birinchi navbatda, zaharlanishni keltirib chiqargan moddaning turiga va miqdoriga bog`liq. Quyida bolalarda uchrashi mumkin bo`lgan zaharlanish belgilari keltirilgan:
• bolada holsizlik, uyquchanlik paydo bo`ladi, u to`satdan, aniq sabablarsiz o`zini yomon his qiladi;
anglash jarayonining buzilishi;
shaytonlash kuzatilishi mumkin;
• bosh og`rishi;
qo`rquv va g`ayrioddiy xatti-harakatlar;
• ko`rish o`tkirligining buzilishi va gallyutsinatsiyalar (mavjud bo`lmagan narsalarni ko`rish);
harakatlanishdagi qiyinchiliklar va qo`pol harakatlar;
ko`z qorachig`ining torayishi yoki kengayishi;
bolaning tez yoki qiynalib nafas olishi;
⚫ bola yuragining tez yoki sekin urishi;
• ko`z, burun yoki og`iz shilliq qavatining zararlanishi;
• terining qizarishi va qichishishi bilan kechuvchi, suyuqlik tutgan mayda pufakchalar ko`rinishidagi toshmalar, shuningdek, og`iz va burun atrofidagi kuyishga o`xshash teridagi o`zgarishlar;ko`zyoshi yoki so`lakning ko`p ajralishi; • bolaning og`zida yomon hid paydo bo`lishi;
⚫ tomoq, ko`krak qafasi yoki qorinda qizish hissi va og`riq bo`lishi;
sariqlik;
siyishning ko`payishi yoki deyarli siymaslik; • tana haroratining ko`tarilishi va titroq;
qusish/qayt qilish;
⚫ ich ketishi;
qon aralash qusish va/yoki axlatda qon bo`lishi.
Uyda bolalarning zaharlanishiga olib kelishi mumkin bo`lgan ba'zi odatiy bo`lmagan hodisalardan ehtiyot bo`lishingiz kerak: yoqimsiz hidlarning tarqalishi, dori-darmonlar yoki maishiy kimyoviy moddalarning tushunarsiz tarzda yo`qolishi yoki kamayishi, dori-darmonlar yoki kimyoviy vositalarning to`kilishi yoki bo`sh idishlarning paydo bo`lishi.