O`zingizning va farzandingizning muvaffaqiyatlarini, rivojlaninshini va ijobiy lahzalarni nishonlang. Chaqalog`ingiz jonlantirish bo`limida bo`lishi mumkin, lekin u o`z maqsadlari va bosqichlariga erishadi. Yaxshi kayfiyat uchun ko`p sabablar hali oldinda.
Bolaga yaqinlashish o`zingizni yaxshi his qilishingizga yordam beradi. Siz buni farzandingizning kundalik parvarishi bilan shug`ullanganingizda sezishingiz mumkin.
• Chala tug`ilgan farzandingizga qanday yordam berishingiz mumkinligini bilib oling. Masalan, bolangizdagi injiqlikning sabablarini yoki tagligini almashtirish kabi parvarish qilish usullarini o`rganib olishingiz mumkin. Biror-bir narsaga diqqatingizni jamlang.
• Shuni yodda tuting: ota-ona sifatida faqat siz qila oladigan narsalar bor. Farzandingizga teginishingiz, sizning hidingiz va ovozingiz u uchun juda muhimdir. Siz farzandingizning eng asosiy himoyachisisiz.
Chala tug`ilgan farzandingiz hayotining dastlabki kunlarida va haftalarida o`zingizga g`amxo`rlik qilish juda muhimdir. O`zingizga g`amxo`rlik qilsangiz, farzandingizga ham g`amxo`rlik qila olasiz.
Chala tug`ilgan farzandlari bor boshqa ota-onalarining g`oyalari: "hissiy istaklar ro`yxati❞
Chala tug`ilgan chaqalog`i bor ba'zi ota-onalar do`stlari va oilasi bilan bo`lishish uchun hissiy istaklar ro`yxatini tuzishni foydali deb hisoblaydi. Bu erda ota-onalardan birining istaklar ro`yxatidan ba'zi fikrlar keltirilgan:
• Mening chaqalog`im tirik va men uchun bu muhim. U betob bo`lishiga qaramay, siz bilan uning tavalludini nishonlashim kerak.
Agar yig`lashimga ruxsat bersangiz, sizdan minnatdor bo`laman, chunki bu his-tuyg`ularimni tashqariga chiqarishga va tashvishga botmaslikka imkon beradi.
• Chala chaqaloqning dunyoga kelishi boshqa homiladorlik va tug`uruq jarayoniga o`xshamaydi, shu bois mening muddatidan
oldingi tug`urug`imni o`zingizning yoki boshqalarning tug`urug`i bilan taqqoslamasangiz, to`g`ri bo`lar edi.
• Muddatidan oldingi tug`uruq yuqumli emas, shu bois mendan qochmasligingizni istardim.
• Iltimos, mening "kurash"im olti hafta, olti oy yoki hatto olti yil ichida tugashini kutmang. Men ko`plab qarama-qarshi his-tuyg`ular bilan murosaga kelyapman va kelajakda hamma narsa o`z vaqtida bo`ladi.
Iltimos, meni "eng yomoni ortda qoldi" kabi bekorchi so`zlar bilan tinchlantirishga urinmang. Chaqalog`imiz kelajakda muammolarga duch kelishi mumkin, bizning vazifamiz esa farzandimizning rivojlanishiga yordam berish, uning muammolarni kuzatib borish.
• Farzandimning chala tug`ilishi meni o`zgartirib yuborganini va men oldingi holatimga qaytish-qaytmasligimni bilmasligimni tushunasiz degan umiddaman.
Oilalar muddatidan oldingi tug`uruqlarni har xil va o`ziga xos tarzda boshdan kechiradi. Boshqa oilalar bu muammoni qanday engayotganini bilish ham ancha yordam beradi, lekin esda tuting, his qilish va munosabat ko`rsatishning yagona to`g`ri usuli mavjud emas.
Bolalar blyuzi (yosh onaning qayg`u va befarqlik hissi bilan namoyon bo`ladigan tug`uruqdan keyingi hissiy holat)gina emas: muddatidan oldingi tug`uruq sababli tug`uruqdan keyingi depressiya
Bola tug`ilgandan keyin kayfiyat tez o`zgarib turishi ko`p uchraydi va u engil darajadan og`ir darajagacha kuzatiladi.
Aksariyat ayollar tug`uruqdan keyingi ilk kunlarda engil depressiyani (tushkunlikni) boshdan kechiradilar. Agar u davom etaversa va og`irlashsa, tug`uruqdan keyingi depressiyaga aylanishi mumkin. Erkaklar ham tug`uruqdan keyingi depressiyadan aziyat chekishi mumkin.
Tug`uruqdan keyingi depressiya belgilariga doimiy qayg`u hissi, kayfiyatning yomonligi, umidsizlik, quvvatsizlik, o`ziga past baho berish va uyqu muammolari kiradi.