x

Kundalik hayotda uyda ishlatiladigan ko`plab mahsulotlar tarkibida juda zaharli moddalar mavjud. Muayyan zaharli moddalarni mas'uliyat bilan ishlatish va manbalarini yo`qotish bolalarda uchrashi mumkin bo`lgan zaharlanishning oldini olishda yordam beradi.

Uyingizda zaharlashi mumkin bo`lgan manbalarni aniqlang

• Bolalar uchun xavfli bo`lgan mahsulotlarga quyidagilar kiradi: tozalash va kir yuvish mashinalari uchun vositalar, pardoz-andoz buyumlari, dori-darmonlar, spirtli ichimliklar, antifriz, benzin, bo`yoqlar, laklar, kemiruvchilarga qarshi zaharlar, o`simliklarni parvarishlovchi vositalar, o`simliklar va zamburug`larning ayrim turlari. Boshqa xavf-xatarlarga yong`indan hosil bo`lgan zaharli tutun va gazlar, qattiq va suyuq yoqilg`ining yonishi, gaz inshootlarining buzilishidan chiqadigan yoki avtomobil/mashina yopiq garaj ichida ishga tushirilganda ajraladigan gazlar kiradi.

Kimyoviy vositalar va dori-darmonlarni bolalar qo`li etmaydigan joyda saqlang

Kimyoviy vositalar va dori-darmonlarni ishlatgandan so`ng, stol, pol/er yoki javonlarda qoldirmang. Ularni yopiq holda, bolalarning qo`li etmaydigan joyda saqlang.

Ba'zi o`simliklar zaharli bo`lishi mumkin - sizning uyingizda yoki bog`ingizda bunday o`simliklar mavjudligini tekshiring

Bolalar ruxsatsiz biror bir o`simlikni terishi yoki eyishiga yo`l qo`ymang. Zaharli qo`ziqorinlarning xavfi haqida bolalarni ogohlantirishni unutmang!

Elektron sigaretdan foydalansangiz, ehtiyotkorlik choralarini ko`ring, uni bolalar qo`li etmaydigan joyda saqlang

• Elektron sigaret idishidagi/kartrijlaridagi suyuq nikotin bolalar uchun juda xavfli bo`lishi mumkin.

• Agar bola uyda bo`lmasa (qarindoshlari, do`stlari bilan, safarda), bolaga g`amxo`rlik qilayotganlarga, zaharlanish ehtimolining qanday oldini olish kerakligini tushuntiring.

Tangali/yassi batareyalar (qo`l soatlari, o`yinchoqlar va boshqalar uchun turli hajmdagi kichik, dumaloq batareyalar) ham xavflidir. Bu batareyalarni bolalar yutib yuborishsa yoki burun, quloq yoki tomoqqa tiqilib qolsa, ular sog`lig`iga jiddiy zarar etishi mumkin.

Hech qachon dori-darmonlar va kimyoviy vositalarni oziq-ovqatlar uchun o`ramlar yoki konteynerlarda qoldirmang, ularni ichimlik shishalariga solmang.

• Ularni, kerak bo`lganda kimyoviy tarkibini tezda aniqlash uchun asl o`ramlarida saqlang.

Foydalanishdan keyin har doim kimyoviy vositalar yoki dori-darmonlar o`ramidagi qalpoq va qopqog`ini mahkam yoping.

• Kimyoviy moddalar ishlatiladigan xonalarning havosini shamollatib turing. Bundan tashqari, har xil kimyoviy vositalarning aralashmalarini tayyorlamang, chunki ba'zi tarkibiy qismlar bir-biri bilan kimyoviy reaktsiyaga kirishishi va zaharli gazlarni ajratishi mumkin.

• Dori-darmonlardan foydalanganda yo`riqnomani o`qing va shifokor tavsiyalariga amal qiling.

• Keraksiz yoki muddati o`tgan dori-darmonlarni belgilangan va xavfsiz usulda yo`q qiling.

• Dori-darmonlarni bolani jalb qiladigan nomlar bilan atamang (shimadigan qand, shirinliklar va boshqalar).

To Top ↑
To Top ↑