Nima uchun bolani qorni bilan yotqizish muhim? Qorinda yotganda vaqtni qanday o`tkazish kerak? Qorin bilan yotish qiziqarli, maroqli va xavfsiz bo`lishi zarur.
Nega chaqaloqni qorniga yotqizish muhim?
Bolaning qorni bilan yotishi uning bilaklariga tayanib, qorni bilan yotishidir. Bola qorni bilan yotganda boshi, bo`yni va tanasining yuqori qismi mustahkamlanadi. Uni tez-tez va har kuni qorni bilan yotqizib qo`ying.
Bola tug`ilgandan keyin tez orada qorniga yotqizishni boshlang. Dastlabki bir necha hafta davomida uni kuniga 2-3 marta 1-2 daqiqa davomida qorni bilan yotqizishga harakat qiling.
Farzandingizni orqasi bilan yotqizib uxlating, qorniga yotqizib o`ynating. Bola uxlayotganda ko`p vaqt orqasiga yotadi, uning boshi esa bir xil holatda turadi. Shu sababli boshning orqa qismida kichik soch to`kilgan joylar paydo bo`lishi mumkin. Chaqaloqning qorni bilan yotishi soch to`kilishining oldini olishga yordam beradi.
Qorin bilan yotish vaqti qanday o`tishi kerak?
Havfsiz buyum va o`yinchoqlarni chaqaloq yoniga qo`ying. Ularni chaqaloq qarshisida u yoqdan bu yoqqa siljiting. Bu esa o`z o`rnida bolani harakatlanishga, boshini ko`tarish va burishga undaydi.
Kichkintoyingizning yoniga yoting. Rasmli kitoblar yoki jurnallardagi sahifalarni varaqlang. Bu chaqaloqning ko`z mushaklarini rivojlantiradi, mustahkamlaydi, unda qiziqish uyg`otadi.
Farzandingiz yoniga o`z aksini ko`ra olishi uchun sinmaydigan oyna joylashtiring. Uni turli joylarda, masalan, ochiq havoda adyol ustiga qorni bilan yotqizing.
Qorinchada yotish qiziqarli, maroqli va xavfsiz bo`lishi kerak
Chaqaloq siz uning yonida ekaningizni bilishi kerak, buning uchun gapiring va qo`shiq ayting, bolaning orqasini silang yoki qo`lchalarini qitiqlang.
Agar chaqalog`ingiz qorni bilan erda yotishni yoqtirmasa, uni sochiqqa o`rab, tizzangizga yoki mashq to`pi ustiga qo`yib ko`ring.
Bola qorni bilan yotganda unga ko`z-quloq bo`ling. Bola ulg`ayishi, ko`proq harakatlanishiga qarab unga xavf tug`dirishi mumkin bo`lgan buyumlarni uzoqroqqa olib qo`ying.