x

 

Malika Usmonova,

neonatolog:

 — Me'yordagidan kam uyqu asosan markaziy asab tizimining perinatal zararlanishi bor chaqaloqlarda kuzatiladi. 

Masalan homiladorlikning oxirgi davri yoki tug`uruq paytida ona salomatligi bilan bog`liq muammolar yuzaga kelsa, ya'ni bola asfiksiya (nafas olish faoliyatining o`tkir buzilishi tufayli qonda va to`qimalarda kislorod etishmasligi), gipoksiya (qonda va to`qimalarda kislorodning me'yordan kamayishi) yoki infektsiya yuqtirgan holda dunyoga kelsa, tug`uruqxonadan chiqqach, unda uyqu buzilishi holati uchraydi.

 Odatda yangi go`dak bir sutkada 18 soatgacha uxlaydi. Agar u 14-16 soat dam olayotgan bo`lsa, bu ham me'yor hisoblanadi. Biroq 14 soatdan kamligi uyqu buzilishidir.

Shuningdek, 5-9 oylik bolalar o`rtacha 15-16 soat, 10 oylikdan 2 yoshgacha bo`lgan chaqaloqlar 12-13 soat uxlaydi. Vaqt o`tgan sari esa kunduzgiga nisbatan tunda ko`proq orom oladi.

‼️ Bilish lozimki, uyqu vaqtida go`dakning qoniga somatotropin gormonining 90 foizi ajralib chiqadi. U chaqaloqning jismoniy rivojlanishini ta'minlaydi.

To Top ↑
To Top ↑