Hadis ilmining eng buyuk olimlaridan biri Imom Buxoriydir. U ham kichikligida otasidan etim qolgan olimlardan. Manbalardan onasining ismini topolmadik. Faqat duosi maqbul, dindor bir ayol ekanligi ma'lum. Imom Buxoriyning yoshligida ko`zlari ko`rmay qoladi. Buxoriyning onasi esa ko`z yoshlar bilan Allohga to`xtovsiz duo qiladi. Bir kuni tushida hazrati Ibrohim alayhissalomni ko`radi. Ibrohim alayhissalom unga: «Ey xonim, Alloh o`g`lingning ko`zlariga sening to`kkan ko`zyoshlaring va Allohga duo qilganing hurmati uchun qayta nur baxsh etdi», - deydi.
< Biz duolarimiz qadar bormiz. Qo`llarimizni ochib, < Imom Buxoriy yoshligidanoq hadislarni Buxoriy yoshligidanoq yod ola boshlagan. Shunga doir bir voqea aytib o`tiladi. Bir kuni hadis majlisida o`sha davrning muhaddislaridan Ad-Dohiliy, «Sufyon an-Abi'z Zubayr an-Ibrohim» deb bir hadisni naql qiladi. Imom Buxoriy esa Abi'z Zubayrning Ibrohimdan hadis eshitmaganini, bu roviy sanadining xato ekanligini aytadi. Zero, Ibrohimdan hadis rivoyat qilgan odam Abi'z Zubayr emas, Zubayr ibn Adiy edi. Ad-Doxiliy hadisning sanadini takror tekshiradi va shu javobni beradi: «Haqsan, bu sanad xato ekan». E'tibor bering, imom Buxoriy bu erda hadis matnidagi xatolikni emas, roviylar zanjiridagi xatoni topadi. U zamonlarda hadislar bugungi kundagidek «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam marhamat qiladi» deb aytilmasdi. Ilk rivoyat qilgan kishidan, Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga qadar roviylar zanjiri aytilardi. Undan keyin «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam marhamat qildilar» deyilardi. Imom Buxoriy bu hadisni tahlil qilganida 11 yoshda edi. Imom Buxoriy onasi va ukasi bilan Makkaga ketadi. Haj ibodatini tamomlab, onasi Buxoriyni Makkada qoldirib, ikkinchi o`g`li bilan qaytib ketadi. Imom Buxoriy hadis ilmini o`rganish uchun Makkada qolganligini aytib o`tgan. Ota-onaning farzandi uchun qilgan duosining ahamiyatiga doir yana bir rivoyatni keltirishni istardim. Tobeinlardan biri Muoviya ibn Kurroning Iyos ismli farzandi dunyoga kelgach, do`stlarini uyiga taklif qiladi. Muoviya ibn Kurro shunday deydi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning asxobi, meni eshiting, sizga taom berdim, Iyosning aqiqasini edingiz. Duolar qildingiz. Alloh sizdan rozi bo`lsin. Modomiki taomimni edingiz. Endi men bolam uchun duo qilaman. Siz ham «Amiyn» deng. Bolamning mo`min va oqil bir inson bo`lishi uchun duolar qildim, ular ham «Amiyn» dedilar». 80 yoshlarida ham bu xotirasini shunday eslaydi: <>> deyisharkan, o`sha paytda nima deb duo qilgan bo`lsam, hammasini farzandimda ko`rdim. Farzand uchun qilingan duo kun kelib, uning olim bo`lishiga sabab bo`ladi. Bolalarimizdan duolarimizni ayamaylik!