x

Ahmad ibn Hanbalning otasining ismi Hanbal emas, bobosining ismidir. Otasi Muhammad ibn Hanbal ibn Hiloldir. Otasi Muhammad 30 yoshlarida vafot etgan. Onasining ismi Sofiya bint Maymunadir. Bolaning tarbiyasi bilan onasi shug`ullangan. Uni ilm tahsiliga bergan. Avval Qur'on hifz qilib, keyin arab tili, hadis, sahoba va tobeinlar rivoyatlarini, Muhammad sollallohu alayhi va sallamning siyratlarini o`rgangan. Ahmad ibn Hanbal otasi bilan bog`liq so`nggi xotiralarini shunday eslaydi: «Otam menga bir teri parchasini qoldirgandi, onam uning ichida bir dur saqlagandi. Katta bo`lganimda haliyam o`sha teri parchasi onamda edi. Menga berganlarida uni sotdim. Taxminan, 30 dirham bo`ldi».

Onasi turmush o`rtog`i vafot etgach, qiyin kunlari uchun o`sha durni avaylab, yashagandi. Uni sotsa-da ehtiyojlarining birigina qoplanardi, xolos.

Onasi bilan bog`lik xotiralarini esa shunday yodga oladi: <<11 yoshimda onam Bag`doddagi bir hadis olimiga dars taxsili uchun olib bordi. Fakat dars oladigan ustozim bomdod namozidan keyin o`kitib, ishrok vaqtigacha dars berardi. Shu tufayli onam meni barvaqt uyg`otar va yo`lga chiqardik. Yo`lda kitoblarimni onam kutarib yurardi hamda bomdod namozi paytida Bag`dodda bo`lardik. Dars tugaguncha onam meni kutardi. Darsdan sung uyga kaytardik. Onam meni uyda qoldirib, o`zi ishlashga chiqib ketardi.

Uyingizda «Musnad» nomli kitob bormi? Bu kitob Ahmad ibn Hanbalning bizga etkazgan hamda hadis ilmi ichida eng qimmatli asarlardan biri. Arab tilidagisi 11-12 jild bo`lgan bu asarda farzandining kitoblarini elkasida ko`tarib yurgan onani tasavvur qilasizmi? Ahmad ibn Hanbal vafotidan 1164 yil o`tdi. Shuncha yildan buyon <

To Top ↑
To Top ↑