x

(ikkinchi nikohni farzandi uchun xayrga vasila qilgan ona)

Onasi Fotima bint Valid ibn Mug`iyra edi. Yoshligida otasidan ayrilgan. Onasi yoshligidan tul qolgan, farzandining tarbiyasini aslo unutmagan ayol edi. Fotima bint Valid Umar ibn Hattob roziyallohu anhu bilan oila qo`rgan. Bu nikoh Fotima uchun juda xayrli bo`lganidek o`g`li Abdurahmon uchun ham xayrli bo`ldi. Chunki yolg`iz farzandi jannat xabari bilan mujdalangan, Islomning ikkinchi xalifasi va adolat timsoli Umar roziyallohu anhuning himoyasida ulg`ayayotgan edi. Abdurahmon ibn Horis Umar roziyallohu anhuning himoyasida ulg`ayishiga oid shunday so`zlarni aytgan: «Umar ibn Hattob roziyallohu anhudan yaxshiroq xayrli bir ota ko`rmadim».

Bunday muhitda tarbiyalangan Abdurahmon ibn Horis kelajakda ilmi va jo`mardligi bilan tanilgan bir inson bo`lib etishadi. Bir umr farzandsizlik iztirobi bilan yashagan Oisha onamiz u haqda «Abdurahmon ibn Horisdek o`nta bolam bo`lsaydi, uyimda o`tirib, ularni tarbiya qilish uchun bor imkoniyatimdan foydalanardim»,- deganlar. Abdurahmon ibn Horis keyinchalik Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning kuyovi bo`lgan Islomning uchinchi halifasi, axloqi yuksak bo`lgan bir shaxsiyat Usmon ibn Affon roziyallohu anhuning kuyovi bo`lish baxtiga muyassar bo`lgan.

To Top ↑
To Top ↑