x

Muso Madyan tarafga qarab yo`l olganida: «Umid qilamanki, Alloh meni to`g`ri yo`lga boshladi», - dedi. Madyan quduqlarining yoniga borganida hayvonlarini sug`orayotgan bir jamoaga duch keldi. Ulardan sal narida hayvonlarini suvdan uzoqlashtirishga harakat qilayotgan ikki qizni ko`rdi. «Siz nimaga hayvonlaringizni sug`ormayapsiz?» deb so`radi. Ular esa: «Cho`ponlar hayvonlarini sug`orib ketmasidan biz sug`orolmaymiz. Otamiz qarib qolgani sabab ish bizning zimmamizda», - deyishdi. Muso ularning xayvonlarini sug`orib berdi. So`ngra soyaga o`tdi va: «Robbim, beradigan har xayringga muhtojman», -dedi. Ikkala qizdan biri tortinib uning yoniga keldi va: «Hayvonlarni sug`oradigan navbatingni bizga berganing uchun otam seni uyga taklif qildi», - dedi. Muso uning yoniga borib, boshidan o`tganlarini gapirib berganida u: «Qo`rqma, zolimlar jamoasidan qutulibsan», - dedi.

Dinimiz va urfimizda «uyatchanlik» ta'biri «yosh qiz», «yangi kelin» jumlalari bilan birga keladi. Ibrat uchun ta'kidlash Rasululloh sollallohu alayhi joiz bo`lsa, Va sallamni tanitgan bir rivoyatda Abu Said Hudriy shunday deydi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam chimildiqqa kirgan yosh qizdan ham uyatchan edilar. Hushlamagan narsalarini esa yuzlariga qarab bilib olardik».

Uyatchanlik holati yosh qizlarda yigitlardan ko`ra ko`proq ekanini ko`ramiz. Bu hol qizlarning fitratida bor. Alloh taolo bu holatni ularning yaratilish tabiatlariga uyg`un o`laroq bahsh etgan. Faqat hozir qizlarimizni bu fitratidan ayirishga urinadilar. Kichkina qizchalarning bozorlarda, do`konlardagi ko`ylaklarini ko`rasizmi? Kalta, tor liboslar ekanini ko`rasiz. Qizchalar TV va ijtimoiy tarmoqlarning ta'siri ostida axloqsiz kishilarga taqlid qiladilar. Ularni yulboshchi, rahbar sifatida ko`rishadi. Atrofingizga boqib ko`rgandirsiz. Hayotga oid axloqsiz bo`lgan qanday narsa yoyilsa, bu qizlar vositasida amalga oshirilmoqda. Misol uchun kiyim masalasini olaylik. Faqat bir jumla bilan «Erkaklar qizlardan ko`ra yopiq kiyinadilar». Ijtimoiy tarmoqlarda buning yanada yaqqol isbotini ko`ramiz. So`zda islomiy mavzularda bahs qiladigan xonim qizlarning profil rasmida islomiy mavzuda suhbatlashadigan erkak xatiblarning yoki dasturchilarning rasmlari bor. Faqat bu xolat uning nazarida me'yoriy holat. Chunki u islomiy shaxslarning rasmlarini qo`ygan, boshqa guruhlardagi birorta erkak emas-ku. Shayton bu holatni ularga qanchalik to`g`ri va haq deb ko`rsatadi, shunday emasmi?!

 

.

To Top ↑
To Top ↑