Eng buyuk kitob Buxoriyning «Jome'us-sahih»i hisoblanadi. Hadislarning Islom dunyosida Qur'oni karimdan keyingi ketma-ketligi, mukammal tartibda joylashishi unga bu e'tiborni qozontirgan. «Jome'us-sahih» islom dunyosida shuhrattopishida uni rivoyat qilganlarning hissasi ulkan. Hayotini hadis ilmiga, xususan, «Jome'us- saxix»ning rivoyatiga bag`ishlagan Karima bint Ahmad Marvaziyyaning ham bu asarning bunda katta xissasi bor. U ahamiyatga molik bir muhaddis bo`lishiga qaramay, asarni tadqiq qilganimizda Turkiya Diyonat vaqfi Islom Entsiklopediyasida Karima bint Ahmad Marvaziyya haqida biror bo`limga duch kelmadik. Juda ko`p muhaddis ayollar singari Karimaning hayoti haqida ham ma'lumotlar yo`q. Hayotining asosiy qismini Makkada yashagan. Shu erda vafot etgan. Karimaning otasining ismi Ahmad ibn Muhammad Marvaziyyadir. Ilmiy hayotida otasining ta'siri katta. Otasi uning ilk ustozi bo`lgan. Otasi Karimani xali yoshligiga qaramasdan, Abul Haysam Muhammad ibn Makkaning dars halqasiga olib borgan. Uni o`zi borgan shahardagi ilmiy majlislarning yoniga, Quddusga ham olib borgan. Otasining qo`lida tarbiyalangan bu muhaddis ayol hadis ilmida yuksak martabaga erishgan. Uni «Muhaddisa», «Musnida» va «Shayxa» deb atashgan. Bu nomlar uncha-muncha xadis rivoyat qilgan odamga qo`llanilavermaydi. Bu nomni qozonish uchun hadis ilmida o`z o`rniga ega bo`lish lozim. Bu unvonlar qanday ma'noga ega?! Muhaddis xadislarni sanadi bilan rivoyat qilgan kishi. Abu Bakr ibn Abu Shayba muhaddis bo`lgan kishining imlo yuli bilan 20 000 hadis yozishi kerakligini ta'kidlagan. Ahmad ibn Hanbal esa 100 000 - 200 000 hadis ham muhaddis deyishga munosib emasligini, 300 000 hadis bilgan kishi muhaddis hisoblanishini aytgan.
Musnid-hadisni sanadli o`laroq rivoyat qilgan kishi.
Shayx o`zidan hadis olingan kishi. Hadis Muxaddisa, Musnida va Shayxa ta'birlari esa xadis olimi bo`lgan ayollar uchun qo`llaniladi. Karima o`zini hadis ilmiga bag`ishlagan. Hayotida hech oila ko`rmagan. Hadis ilmida so`z sohibasi bo`lgan va yashagan davrida «Saxixul Buxoriy» ijozatini bergan bir muhaddisa nomiga erishgan.