x

Fotima bint Alouddin ilk fiqhiy bilimlarni Davrning mashhur hanafiy faqihi bo`lgan otasi Alouddin Samarqandiydan oldi. Otasining «Tuhfatul fuqaho» nomli asarini yod oldi. O`z davrining rivoji bo`lgan ilm va san'at sohalarida etuk fakix va xadis olimasi, shuningdek, husnixat ustasi bo`ldi. Otasining yonida fiqhdan ta'lim olish barobarida «Tuhfatul fuqaho» asarini Hifz qilgandi. Hanafiy mazhabining nozik jihatlarini, turli fiqhiy masalalarni yod olgan hamda xatosiz shaklda naql qiladigan saviyaga etgan edi. Hanafiy mazhabining fiqhiy mavzularida etuk bilim sohibasi bo`lgan go`zal qiz Fotimaga Anaduluda istiqomat qiladigan ba'zi beylar talabgor bo`lganlar. Faqat otasi o`zi izlagan kuyovni ular orasida topolmagani uchun qizining nikohi borasida sabr qilib, eng xayrlisini kutardi. Dardi va davosi ilm, irfon, talaba etishtirish va ummat bo`lgan bir olima; ayni dardda bo`lgan boshqa bir olimning qizi uchun talabgor bo`ladi. Har bir ota qizining yaxshi bir kuyov bilan oila ko`rishini istaydi. Qaysi ota ko`z qorachig`idek qiziga xayrsiz kuyov istaydi. Ota bu borada nixoyatda e'tiborli bo`lishi kerak. Buni qanday uddasidan chiqadi? Agar ota qahvaxonalardan kelmaydigan, vaqt o`tkazadigan joylari faqat futbol o`yinlarini tomosha qilishdan iborat bo`lsa, qizini ham aynan o`ziga o`xshash odamlar izlab keladi. Afsuslar bo`lsinki, ota qizini ichkilik ichadigan, sayoqlarga berishni istamaydi, lekin o`zi ham o`sha o`rtalardan uzoqlashmaydi. Imom Samarqandiy kabi bir olim xam uningdek bir olim qizga talabgor bo`ldi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning pokiza, muborak qiziga Alining tolib bo`lgani singari. Imom Kosoniy, ustozining «Tuhfatul fukaxo»sini yod oladi va «Badoye'us-sanoye» nomli asari bilan sharh qilib, ustoziga taqdim etadi. Samarqandiy bu holatdan nihoyatda sevinadi va Kosoniyni qizi Fotima bilan nikohlaydi. Bu sharhni ham mahr o`laroq qabul qiladi. Shu sabab bo`lib o`sha davrda olimlar orasida shunday so`z bilan mashhur bo`ladi: «Ustozining «Tuhfa»sini sharx etdi va qiziga uylandi». Eslashning go`zalligini ko`ryapsizmi? Ilm iforli bir nikoh. Bizlar qanday madaniyatning farzandlarimiz, bilasizmi?! Hozirda esa ota-onalar, kuyov izlaganida qanday shartlar qo`yishadi? Allohim, biz qanday bu holga kelib qoldik. Shu tufayli ham avlodlarimizdan Imom A'zamlar, Imom Ahmadlar etishib chiqmaydi. Mantig`imiz va axloqimizga putur etgan. Kelajakni ko`ra olmaymiz. Oxiri aniq bo`lgan bu dunyolik bo`lganmiz. Imom Samarqandiy esa maqsadimizni ulug` qilib, o`zidek olim bo`lgan bir kuyovni izlagan. O`zi yashagan asrning va bizlarning hayrat bilan o`qiganimiz bir oila saodatini barpo etgan. Imom Kosoniy keyinchalik Fotima bilan Halabga dars berish uchun ketadi. Imom Kosoniyning talabalari aytadiki: Ba'zan ustozimizdan kiyin savollar surardik. U bizdan ruxsat olib uyiga ketardi.

Uydan kelib, bizning savolimizga javobni aniq dalillari bilan tushuntirib berardi. Va javobi aniq, qisqa bo`lardi. Keyin bildikki, Imom Kosoniy bu savollarning javobini olish uchun Fotimaning yoniga ketar, undan olgan javoblarini kelib, bizga aytardi».

Hishom Abu Urva Imom Abu Hanifa va Imom Molikning ustozi. Ayoli Fotima bint Munzirdan ilm o`rgangan. Ilk davrlardagi Islom olimlarining hayoti mana shunday edi. Onalardan, ayollardan, qizlardan yoki boshka ayol olimalardan saboq olishdan hayo qilmasdilar. Hatto ulardan dars olganlari uchun faxrlanardilar.

To Top ↑
To Top ↑