Dinimiz farzand ota-ona haqiga Alloh taolodan rahm-shafqat tilab doim duoda bo`lishiga, ular vafot topgandan so`ng ham mazkur amalni davom ettirishga targ`ib qiladi.
Abu Usayd So'idiy (roziyallohu anhu)dan
Islomda ota-ona va farzand haqlari rivoyat qilinadi: "Biz Nabiy (sollallohu alayhi va sallam)ning huzurlarida ekanimizda Bani Salama qavmidan bir kishi kelib: "Yo Rasululloh, vafotidan keyin ota-onamga qilishim mumkin bo`lgan yaxshilik bormi?" - dedi. Shunda Rasululloh (sollal- lohu alayhi va sallam): "Ha, xaqlariga duo qilishing, istig`for aytishing, ulardan keyin qolgan ahdlarini bajarmog`ing, ular tufayli bog`langan qarindoshlarga silai rahm qilmog`ing va do`stlarini ikrom qilmog`ing", - dedilar” (Imom Abu Dovud rivoyati). Farzandning ota-onasi vafot etgan bo`lsa, quyidagi yo`llar bilan yaxshilik qilishi mumkin ekan. Avvalo, farzand solix bo`lishi, ota-onasi haqiga duolar qilishi, istig`forlar aytishi, qarindoshlar bilan silai rahmni bog`lashi, ota-onasining vasiyatlarini bajarishi, ular nomidan xayru sadaqalar qilishi, marhumning zimmalarida qarzlari bo`lsa, ular nomidan qarzni to`lashi, ularning do`stlarini ikrom qilishi kabi amallarini bajarishi lozim bo`ladi.
Abu Hurayra (roziyalloxu anhu)dan rivoyat qilinadi: "Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): "Agar inson vafot etsa, uning barcha amallari kesiladi. Faqat uch narsa bundan mustasno: sadaqai joriya, manfaatli ilm va unga duo qiladigan solih farzand", - dedilar" (Imom Termiziy rivoyati).
Kimda-kim masjid-madrasa kurgan, Islomiy kitoblar ta'lif qilgan, quduq kazdirgan, rabot va musofirxonalar bino etgan va yana shunga o`xshash xalqqa manfaati etadigan amallar qilgan bo`lsa sadaqai joriya hisoblanadi. Sanab o`tilgan amallarni farzand marhum ota-onasining nomidan ham qilishlari mumkin ekan.
Manfaatli ilm - bu kimki Qur'onni o`rganib, ilm bilan shug`ullangan, ta'lim berib solih shogirdlar qoldirgan, insonlarga nafi tegadigan kitoblar yozgan bo`lsa, uning savobi vafotidan so`ng ham davomli bo`lib, maqbul sadaqai joriyalardan hisoblanadi.
Solih farzandlar duosi - qaysi ota-ona farzandlarini halol va taqvodor qilib tarbiyalagan bo`lsa, ular qilgan yaxshi amallari sabab vafotlaridan so`ng ham ularning savoblari marhum ota-onaga etkazib turiladi.
Farzand ota-onasi hayotlik vaqtlarida bilib-bilmay dillarini ogritib, oq bo`lgan bo`lsa-yu, endilikda xatosini tushunib, pushaymon bo`lsa, keyingi hayoti davomida ota-onasini xursand qiladigan amallarini ko`paytirishi lozim bo`ladi.
Ulamolar farzand ota-onasining xayotlik vaqtida ularga oq bo`lib, so`ngra vafotlaridan keyin bu ishidan nadomat chekib, ular xaqida duolar qilib, mag`firat so`rasa, bu amallar ham ota-onasiga nisbatan yul qo`ygan kamchiliklariga kafforat bo`lishini aytishgan.
Anas (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Nabiy (sollallohu alayhi va sallam): "Agar bir banda ota-onasi yoki ulardan biriga oq bo`lgan holatda ular vafot etsa, lekin u haqlariga duo qilib, istig`for aytishni kanda qilmasa, Alloh uni yaxshilik qiluvchi, deb yozib qo`yadi", (Imom Bayhaqiy rivoyati). dedilar.
Islomda Alloh bilan banda o`rtasida haqlar bo`lganidek, banda bilan banda orasida ham haqlar bor. Yuqoridagi hadisi sharifdan banda bilan banda o`rtasidagi haqni u vafot etgandan so`ng ham uzish mumkin ekanini anglash mumkin.