x

Alloh taoloning fazli bandalarning aytgan istigforlari sababli ularning gunoxlarini kechirib, ibodatlaridagi kamchiliklarni to`ldirib, mushkulotlarni oson qilib, balo-ofatlarni daf qilar ekan. Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: "Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): "Alloh azza va jalla solix bandasining jannatdagi darajasini ko`tarib qo`yganda, u: "Yo Rabbi, bular menga nima sababdan?" - deydi. Shunda Alloh:

"Bolangning senga aytgan istig`fori sababli", - deydi, dedilar" (Imom Ahmad rivoyati). Banda jannatda darajasini ko`tarilganini ko`rgan paytda Rabbisidan buncha amal qilmagani bu ajrlar qayerdan kelganini so`raganda, Alloq taolo unga: "Bu ulug` ajrlar farzanding aytgan istig`for tufayli", - der ekan. Ulamolar hadis sharxida, avvalo, bandalarning jannatdagi da- rajasi (maqomi)ni faqatgina Alloh uz fazli bilan ko`tarishi mumkin ekanini, farzandlarning ota-onasi haqida qilgan duosi va aytgan istig`forlari bir vosita ekanini, shunday bo`lsa, ham ular bu amallarini shunchaki xo`jako`rsinga emas, balki ihlos bilan bajarishlari kerakligini ta'kidlaganlar.

To Top ↑
To Top ↑