Islomdagi besh ustunning ohirgisi xaj amalidir. Yo`lga qodir bo`lgan kishiga haj qilish farz hisoblanadi.
Alloh taolo aytadi:
"...Odamlardan yo`lini topganlariga Alloh uchun baytni haj qilmoq burch- dir. Kimki kufr keltirsa, Alloh olamlardan behojatdir" (Oli Imron, 97). Mazkur oyati karima bilan haj ibodati farz bulgan.
Ota-onaga yoki ulardan biriga haj ibodati farz bo`lib, biroq ado etolmay vafot etsa, yoki nomidan haj qilishni vasiyat qilgan bo`lsa, vorislarga bu vasiyatni bajarish vojib buladi. Mazkur amal uni kafanlash va dafn xarajatlaridan qolgan mablag`ning uchdan biri bilan ado qilinib, qolgan ikki qismi merosxo`rlarga beriladi.
Agar merosning uchdan biri haj amaliga etmasa, marhumning yaqinlari qolgan qismini to`lab yuborsalar, ulug` ajru savobga ega bo`ladilar.
Marxumning qolgan moli vasiyatini ado etishga etsa-yu, birok yaqinlari o`zaro taqsimlab olsa, ular uchun bu mol xarom hisoblanadi.
Ba'zi kishilar hajga ketayotganlarga ma'lum mikdorda pul berib, o`zlaricha vasiyatni ado qildik, deb o`ylashadi. Bu xato. Ushbu amal bilan farz soqit bo`lmaydi.
Ota-ona nomidan haj qilish uchun ular vafot etgan bo`lishi shart emas. Chunki mazkur ibodatni tiriklik paytlarida xam ularning nomidan boshka kishi ado kilsa, joiz sanaladi. Fakat birovning nomidan haj qilayotgan kishi niyat qilganda, exromga kirganda, talbiya aytganda va boshka amallarini qilayotganda o`sha kishining nomidanligini aytib bajaradi.
Barcha amallarni shariatga muvofik bajargandan sung vasiyat qilguvchining nomai amoliga haj qildi deb yozilib, ushbu farz uning buynidan soqit bo`ladi.
Agar kimki uz buynidagi hajni ado etgan bulsa-yu, yana unga qayta haj qilish nasib etsa, bu gal ota yoki onasi nomidan haj qilishi lozim bo`ladi.
Ibn Abbos (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: "Has'amlik bir ayol: "Ye Rasululloh, Alloh hajni bandalariga farz qilganida otam qarib, ulovga mina olmaydigan holga kelgandi. Men uning nomidan haj qilsam bo`ladimi?" - dedi. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): "Ha", - dedilar. Bu vokea Hajjatul Vado'da bo`lgan edi" (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyati).
Bu hadisi sharifdan ota-ona nomidan haj va umra qilish farzand uchun katta fazl ekani ma'lum buladi.