"Umra" so`zi "ziyorat" degan ma'noni anglatadi. Hanafiy mazhabi ulamolari umr davomida bir marta umra qilishni ta'kidlangan sunnat (sunnati muakkada) deyishgan. Alloh subxonahu va taolo: ...haj va umrani Alloh uchun qiling", deb marhamat qilgan: Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): "Haj farz qilingan, umra ihtiyoriy", - deganlar.
Umra ibodatining asosiy shartlaridan biri xolis Alloh taolo uchun niyat qilish. Zero, Alloh taolo riyo aralashgan amalni qabul qilmaydi.
Abu Ruzayn Uqayliy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: "U kishi Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam)ning oldilariga kelib: "Yo Rasululloh, mening otam qarib hajga ham, umraga ham, hatto yo`lga chiqishga ham yaramay qoldi", dedi. Shunda Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): "Otang nomidan haj va umra qil", - dedilar" (Imom Termiziy rivoyati).
Demak, Islomda musulmon kishi uzi uchun xaj yoki umra ibodatini ado etgach, ota "Uz onasi uchun ham mazkur ibodatni bajarishi mumkin ekan. Buning uchun avvalo, bu umra ibodatining savobini falonchiga bag`ishlayman", deb niyat qilinib, exrom bog`lanadi. Ko`pchilik umra ziyoratidan qaytgach, "Otam uchun ham umra qildim, endi otamni xam hoji ota deb chaqiringlar", deganini eshitib qolamiz. Bu to`g`ri emas, chunki dinimizda umra qildi yoki qilmadi degan gap yo`q, chunki bu ibodat farz amal hisoblanmaydi.
Umra ibodatini ado etgan kishi mazkur ibodatning savobiga ega bo`ladi. Uning nomai amoliga umra ibodatini savobiga ega buldi deb yoziladi. Inshaallox!