x

Dinimizda oila qurish niyatida bo`lgan kishilar shariatga muvofik ravishda bir-birlari bilan ko`rishishlariga izn beriladi. Buning uchun maxramlardan biror kishi ular bilan birga bo`lishi kerak. Yigit qizning yuziga, ikki qo`liga nazar solsa buladi. Fakatgina o`zlari xilvatda yolg`iz qolishlari joiz emas.

Rasululloh (sollallohu Alayhi Va sallam): "Maslahat so`ralmaguncha, juvon nikohlanmas. Izn olinmaguncha, bo kira (qiz bola) nikohlanmas", dedilar. "Yo Allohning Rasuli, uning izni kanday bo`ladi?" deyishdi. "Sukut saqlamog`i", - dedilar" (Imom Buxoriy rivoyati).

Umr savdosi deb atalmish nikoh masalasi doimo kengash bilan amalga oshirilgani ma'qullangan ishdir. Darhaqiqat, qiz bolani turmushga uzatishda onalar bilan maslaxatlashish eng oqil yo`ldir. Negaki, qiz bola onasi bilan sirdosh bo`lishi barchaga ma'lum.

Oila kurayotgan yoshlar shuni ham yaxshi bilishlari kerakki, "Bizning ham haqimiz bor ekan", deb ota-onani norizo qilib, o`zboshimchalik bilan nikohdan o`tish, "qochib ketish" kabi salbiy holatlar dinimizga ham milliy kadriyatlarimizga xam ziddir.

Ulamolar qiz uzatuvchi oila xohlasa, imkoni darajasida qiziga sep qiladi, xohlamasa, sep qilib berishga majbur emas deyishgan.

To Top ↑
To Top ↑