Ota-ona balog`atga etgan o`g`lini uylantirishi farzand haqlaridan biri sanaladi. Dinimizda nikoh to`yidagi barcha sarf-xarajatlar kuyov zimmasida bo`lishi lozim. Qolaversa, er kishi oila boshlig`i bo`lgani uchun xam kelin tomondan berilgan to`y kuyovga sharaf keltirmaydi. Bundan tashqari tuydan keyin kelinning uy-joy bilan, shuningdek, edirish-ichirish, kiyintirish, ruzgor uchun zarur buyumlar bilan ta'minlash erning zimmasidagi vojib amallardan hisoblanadi.
Farzand haqlari oxirgi paytlarda kuyov tomon kamxarj bo`lsa, tuyga kelin taraf ko`maklashsa bo`ladimi, degan savollar paydo bo`lmoqda. Rasululloh(sollallohu alayhi va sallam) nikoh tuyi qilishni kambag`al bo`lsa ham o`z kuyovi Ali ibn Abu Tolibga topshirganlar. Ibn Abbos (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Ali Fotimaga uylangan paytda Rasululloh (sollallohu alayxi va sallam) unga: - Sen unga bir narsa ber, - dedilar.
-Mening xech narsam yo`q, - dedi u.
Hutomiyya sovuting kani? - dedilar.
O`zimda turibdi, - dedi.
- Unda o`shani ber, - dedilar.
Ali ibn Abu Tolib sovutni olib keldi.
Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): "Ey Ali, kelinga bir to`y ham qilmoq kerak", dedilar (Imom Nasoiy va imom Abu Dovud rivoyati).
Bu xadisi sharif hazrati Ali (roziyallohu anxu)ning qanchalik kambag`al ekanidan darak berib, Fotima (roziyallohu anho)ning xam shunchalar kamtar, shunchalar zoxida ekanini ko`rsatadi. Shunday ulug` zotlarning soddalik bilan, dabdabasiz holda to`y qilishlari olamda eng baxtli oila bo`lishlarini ta'minladi. Bundan barcha, jumladan, bugungi kunda dan- g`illama to`y qilish ilinjida qarzga botib, natijada qiynalib yurganlar o`rnak olishlari lozim.