x

Islomda farzand voyaga etishi bilan nafarzand fakat ota-ona, balki o`zining ham mas'uliyati ortib boradi. Balog`atga etgan farzand Alloh, ota-ona, qarindosh-urug`, qolaversa, jamiyat oldidagi majburiyatlarini xam bajarishi lozim bo`ladi.

Voyaga etgan farzand o`zini o`qishi, uyli-joyli bo`lishida ota-onaga yordam berish majburiyati ham zimmasiga o`tadi. Ko`pchilik yoshlar: "Meni uyli-joyli kilish ota-onaning vazifasi", - deb qarashadi. Dinimizda esa voyaga etgan farzand ota-onasiga har ishda yordamlashishi kerakligi ta'kidlanadi.

Yaqin kelajakda oila qurib, ota yoki onadek sharafli nomga sazovor bo`ladigan o`g`il-qizlarga bu boradagi shar'iy hukmlarni bilib olishlari lozim bo`ladi.

Ba'zi ulamolar balog`atga etgan farzandga jinsiy tarbiyani odob-axloq nuqtai nazaridan ota-ona emas, balki ustoz tomonidan o`rgatish ma'qul, deb hisoblashadi. Albatta, bu ilmni yigitga erkak ustoz tomonidan, qiz bolaga ayol murabbiya tomonidan tushuntirilishi lozim.

Islomda yigit yoki qizning balog`atga etishi yosh bilan emas, balki ularning jismoniy usishi bilan bog`liq deyiladi. O`g`il bolalarning balog`at yoshi ehtilom bo`lish uykusida bulg`anish pallasidan boshlanadi. Ba'zi bolalarda erta, ba'zilarida bu hol kechrok yuz berishi mumkin. Mazkur holatning sodir bo`lishi bolani yigit bo`lganidan dalolat beradi.

Qiz bolalar esa hayz ko`rgandan boshlab balogatga etgan xisoblanadi. Qiz bola balogatga etgach, tirnok ustirib, unga har xil buyoklarni surib yurishi odobga xilof sanaladi. Sabab dinimizda tirnoqlarni tez-tez olib turish tavsiya etiladi. Farzandlar balog`atga etgan vaqtdan boshlab, o`zlari sodir etgan yaxshi yoki yomon amallar uchun javobgar bo`lishlarini yaxshi bilib olishlari lozim bo`ladi. Ba'zi vaqtlarda balog`at belgilari sezilmay qolishi mumkin. Bunda ulamolarimiz bizning diyorlarimizda (masalan, o`g`il bola ehtilom bo`lmay, qiz bola hayz ko`rmay yurgan bo`lsa) o`n besh yoshni balog`at yoshi deb tayinlaydilar.

Alloh taolo Qur'oni karimda bunday marhamat qiladi:

"Ey imon keltirganlar! O`zingizni va ahli ayolingizni yoqilg`isi odamlaru toshdan bo`lgan o`tdan saqlang. Uning tepasida qo`pol, darg`azab farishtalar bo`lib, ular Allohning amriga isyon qilmaslar va nimaga buyurilsalar, shuni qilurlar"

Ahli ayolini, farzandlarini Allohdan qo`rqadigan qilib tarbiyalash oila boshligining burchi ekaniga yuqoridagi oyati karima yorqin dalildir. Shariat bo`yicha er-xotin uchun, ota bolalar uchun mas'ul bo`lib, kiyomatda Allohning huzurida ular to`g`risida xisob beradi.Balog`atga etgan yigit uchun nomahramlar: nikohi durust bo`lgan barcha ayollar bo`lib, ular amaki, amma, tog`a va xolaning qizlari xamda aka-uka, amaki, tog`aning xotinlari va yana xotinining opa-singillari, ammalari va xolalari er kishi uchun nomaxram sanaladi.

Balog`at yoshiga etgan yigit begona ayolga nazar qilishi, u bilan xilvatda xoli qolishi, erkin suhbatlashishi, garchi ayolda erkak kishini o`ziga tortadigan jihatlar bo`lmasa-da, joiz emas.

Balog`atga etgan yigitning soqol-mo`ylovlari sabza ura boshlaydi. Dinimizda balog`atga etgan yigit mo`ylovini qisqartirib turishi, qo`ltiq va kindikosti tuklarini (tozalash, qirish) tozalab yurishi shart.

Balog`atga etgan qiz uchun nomahramlar: nikohiga olishi mumkin bo`lgan barcha er kishilar hisoblanadi. Shu bilan birga amma, amaki, tog`a va xolaning o`g`illari hamda opa, singil, xola va ammaning erlari shu toifaga mansubdir. Begona er kishilar qatoriga oq-qorani ajrata oladigan, balog`at yoshiga yakinlashgan o`smirlar xam kiradi.

Bu toifadagi ayolu erkak, pochcha yoki qayin-singil, amaki yoki xolaning bolalari kabilar garchi ular qarindoshlar hisoblansa-da, biroq mahram bo`lmagani sabab, ular bilan muomala qilish odob doirasida, boshqalar ishtirokida, ma'lum masofa saqlagan holda bo`lishi lozim. Balog`atga etgan qiz bolalar ham yuqorida aytilganidek, shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilishlari va avratlarini tozalab yurishlari shart bo`ladi.

To Top ↑
To Top ↑