x

Ota-ona milliy va diniy urf-odatlardan kelib chiqib, farzandlariga ism qo`yadi. Dinimizda ham bu masalaga alohida e'tibor berilgan bo`lib, bolaga tug`ilgan kunda yoki undan keyin ham ism qo`yish mumkinligi aytilgan. Tug`ilmagan farzandga ham yaxshi niyat bilan ism tayinlab qo`yish joiz sanaladi.

Bolaga chiroyli va ma'noli ism qo`yish ota-onaning dastlabki vazifalaridan biri sanaladi.

Ibn Umar (roziyallohu anhu)dan rivoyat kilinadi: «Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): "Alloh azza va jallaga ismlaringizning eng mahbubi Abdulloh va Abdurrahmon”, - dedilar» (Imom Muslim rivoyati).

Abu Dardo (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): "Sizlar qiyomatda o`z ismingiz va otalaringizning ismi bilan chaqirilasizlar. Ismlaringizni go`zal qilinglar”, - dedilar (Imom Abu Dovud rivoyati).

Bolaning qulogiga azon aytish

Chaqaloq dunyoga kelar ekan, butun oilasi, xonadonini quvonchga to`ldiradi. Bundan keyingi xayotlarida, er ota, ayol esa ona degan sharafli va o`ta mas'uliyatli vazifani o`z zimmalariga oladilar.

Ubaydulloh ibn Abu Rofe' (roziyallohu anhu) otasidan rivoyat qiladi: "Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) Fotima (roziyallohu anho)ning dunyoga keltirgan farzandi Hasan ibn Alining qulog`iga azon aytganlarini ko`rdim” (Imom Termiziy rivoyati).

Musulmon xonadonida tug`ilgan farzand dastavval najotga chaqiriq sadolarini eshitish uchun o`ng qulog`iga azon va chap kulogiga takbir aytish sunnat.

Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): "Kimning farzandi tug`ilsa, o`ng qulog`iga azon va chap qulog`iga takbir aytsa, Ummu Sibyon zarar qilmaydi", deb ogohlantirganlar (Imom Abu Ya'lo rivoyati). Ummu Sibyon bolalarga zarar etkazadigan jin toifasidir. Ushbu hadisi sharifdan Islom sa- lomatlik dini ekaniga yana bir bor shohid bo`lamiz.

To Top ↑
To Top ↑