x

Avvalo, er-xotin nikohlanib, halol-pok yashagandagina farzandning nasabi aniq va ravshan bo`ladi. Dinimizda naslu nasabni saqlash nikohning asl maqsadlaridan biri hisoblanadi. Boshqa jonzotlardan farqli o`laroq, faqat insongina qavm-qarindosh va ajdodlarini bilishga intiladi. Insonning o`z va o`zligini chuqur anglashi uchun nikoh asosiy vosita vazifasini o`taydi. Qolaversa, faqat nikoh bilangina turli balo-qazo va ofatlardan jamiyatni asrab qolish mumkindir. Oilada farzandning dunyoga kelishi ulkan baxtdir.

Yoki ularga o`g`illar va qizlarni qo`shib berur va xohlagan kishisini farzand ko`rmaydigan qilib qo`ygay. Albatta, u (buning hikmatini) biluvchi va (uzi xohlagan narsani yaratishga) qodirdir" (Shuro 49-50), deya marhamat qilgan.

Halq orasida: "Allohning aytgani bo`ladi", - degan gap bor. Oyati karimada ham ota-ona oddiy bir sababchi ekani, haqiqiy Yaratuvchi Alloh taolo bo`lib, u kimga istasa qiz va yana xohlagan kishisiga o`g`il yoki yana kimgadir ularning xar ikkisini berishi, o`zi xohlagan kishisini tug`mas qilib kuyishi haqida ogohlantirmokda. Odatda, ba'zi oilalarda fakat qiz farzand tug`ilishi, ko`pchilik otalar yoki qudalar tomonidan norizoliklarga sabab bo`ladi. Bu esa bandaning o`zi bilmagan holda Yaratganga isyon qilish, taqdirdan norizo bo`lish, noshukrlik kabi illatlarning avj olishiga sabab bulishi mumkin ekan. Shuning uchun ham banda o`g`ilmi-qizmi, oqmi-qorami Allohga bergan ne'matiga shukr qilishi lozim ekan.

To Top ↑
To Top ↑