x

Agar bola hisoblashni o`rganayotgan bo`lsa, unga cho`ntak pulini berishni boshlang. Chunki bolalar pul yordamida hisoblashni juda tez va oson o`rganadilar. Agar siz bolaga har kuni 1000 so`m bersangiz, u bir haftada 700 so`m olishi mumkinligini darrov hisoblab chiqadi. Shu o`rinda unga, masalan, bugun 1000 so`mga saqich sotib olmasa, hafta davomida pulini to`plab, uzoq vaqt orzu qilgan kattaroq narsasini sotib olishi mumkinligini tushuntiring. Buni bir marta sinab ko`rgan bola xarajatlarni rejalashtirish zarurligini va yig`ishning afzalligini tushunadi. Agar bola tushunishga qiynalsa, unga jadval tuzib bering - kancha pul olgan, qancha sarflagan? Bu bir haftalik hisob varag`i bo`ladi. Shunday qilib, unga xarajatlarni rejalashtirishning boshlang`ich bosqichini o`rgatib qo`yishingiz mumkin.

Uzoq muddatli rejalashtirish

Bola katta bo`lib, kasb tanlash haqida jiddiy o`ylay boshlaganida unga ma'lum bir kasb egalarining pul ishlab topish imkoniyatlari haqida gapirib bering, buning uchun talab qilinadigan zarur bilimlar haqida batafsil ma'lumot bering. Ishni endi boshlagan xodim bilan tajribali mutaxassisning maoshi sezilarli darajada farq qilishi, yaxshi maosh oladigan darajaga etish uchun nimalar qilish, qanday bosqichlardan o`tish zarurligi haqida to`xtaling.

Farzandingizga to`plagan mablag`lari uning kelajagi uchun ximoya yostig`i hisoblanishini, ilk bora moliyaviy zarbaga duch kelganida yumshatuvchi omil bo`lib xizmat qilishini tushuntiring.

Ota-onalar uchun o`quv dasturi

Bolangiz kelajakda moliyaviy savodxonlikka ega muvaffaqiyatli inson bo`lishini istasangiz, avvalo, o`zingiz shunday ilm egasi bo`ling. Bola so`ragan hamma narsani sotib olmang, chunki u ulg`ayib, o`z daromad qobiliyatini nazorat qilolmay qoladi. Natijada qarz evaziga kun kechiradigan odamga aylanishi hech gap emas, axir u yoshligidan o`z xohish-istaklarini bir zumda qoniqtirishga odatlanib qolganda. Bolaga doim arzon va sifatsiz narsalarni xarid qilishdan extiyot bo`ling, chunki bu unda o`ziga nisbatan ishonchsizlikni va o`zini past baholash hissini uyg`otadi.

Ota-onalar orasida juda keng tarqalgan yana bir xato bolaga cho`ntak pulini bermaslik hamda ularga cho`ntak puliga nisbatan salbiy munosabatni singdirish. Bu xatoni takrorlamang.

Boylarning farzandlari katta yutuqlarga faqatgina ota-onasining davlati tufayli erishmagan, bunga ularning ta'lim-tarbiyasi, maqsad sari sog`lom intilishlari yordam bergan deb aytib, buni farzandingizga turli hayotiy misollar bilan tushuntiring.

Farzandingizning xarajatlarini to`liq nazorat qilmang. Nazorat kerak, faqat me'yorida. Agar bola pul topish istagini bildirsa, bu qonun va axloqiy tamoyillarga zid bo`lmasa, taqiqlamang. Unutmang, bolani pul bilan muomala qilishga, ishlab pul topishga va shaxsiy byudjetini rejalashtirishga o`rgatish ota-onaning burchidir. Farzandingizning kelajakda moliyaviy xatolarga yo`l qo`yish-qo`ymasligi ko`p jihatdan sizning tarbiyangizga bog`liq.

To Top ↑
To Top ↑