Boladagi e'tiborsizlik muammosi inson hayotidagi blogik jarayonning eng tez rivojlangan davri hisoblangan dastlabki to`rt yoshda ko`p uchraydi. Bu muammo bolaning atrofidagilar bilan og`zaki (nutkiy) va xissiy aloqalarni yaxshi o`rnata olmasligi natijasida paydo bo`ladi. Ayniqsa, ishlaydigan onalarning o`z farzandlarini bolaning fiziologik va psixologik rivojlanishi borasida ma'lumoti bo`lmagan boquvchilar qo`liga topshirishlari ushbu muammoning paydo bo`lishi sabablaridan biridir. Bunday dardga yo`liqqan bolalar jahldor va tashqi muhitga butunlay e'tiborsiz bo`ladilar. Gapirishni xush ko`rmaydilar, ro`parala ridagi kishi bilan ko`z orqali aloqa qilolmaydilar. Shuningdek, bu muammo faqat boquvchilar qo`lidagi bolalarda emas, balki onasi doim yonida turgani holda atrof bilan etarli darajada aloqa o`rnatolmagan bolalarda ham uchraydi. O`tkazilgan tadqiqotlar bunday bolalarning psixologik rivojlanish davrini asta-sekin bosib o`tmaganligini, ulardagi bu rivojlanish jarayonini qo`llab-quvvatlovchi faoliyat yuritilmaganligini ko`rsatmokda.
Boladagi e'tiborsizlik muammosi mavjud bo`lgan bolalarning umumiy xususiyati ularning ko`p televizor tomosha qilishlaridir.
Nutk faoliyati taqlid bilan ikki yoshgacha rivojlanadigan faoliyat hisoblanadi. Bu muhim davrni televizor ko`rish bilan o`tkazish bolada nutk faoliyatini rivojlanishini kechiktiruvchi omillardan biri sanaladi. O`z vaqtida rivojlanmagan nutk faoliyati esa boladagi boshka faoliyatlarning rivojlanishiga salbiy ta'sir ko`rsatadi. Misol uchun, og`zaki muloqot qila olmagan bolaning ko`z bilan muloqot qilish qobiliyati ham kuchli bo`lmaydi. Ko`z bilan muloqot esa ruhiy-hissiy muloqotning muhim unsurlaridan biridir. Bunday muloqot turlari rivojlanmagan bolalar esa ko`pincha odamovi bulib qoladi, ijtimoy hayotga moslashuvi qiyin kechadi.
1. U bilan ko`p suhbat quring.
2. Yuragingiz siqilib ketsa ham uni eshiting.
3. Uning ruhiy-hissiy va og`zaki muloqot qobiliyatlarini ko`zdan kechiring va rivojlanishiga e'tibor qiling.
4. Farzandingizning aqliy rivojlanish jarayonini diqqat bilan kuzating, kerak bo`lsa mutaxassis yordamiga murojaat qiling.
5. Agar ota-ona har ikkingiz ham ishlasangiz farzandingizni topshirib ketadigan boquvchi ayol tanlashda uning epchilligidan ko`ra bolaning fiziologik va ruhiy rivojlanish jarayonlaridan xabari borligiga e'ti- bor bering.
6. Farzandingizni 4 yoshgacha televizor, komp'yuter kabi zamonaviy o`yin vositalaridan uzoqlashtiring.
7. Har qanday holatda ham farzandingizni ruhan, jismonan jazolamang.