x

Ona-bola o`rtasidagi sirli aloqaning muhim halqalaridan biri "Bolani dunyoga keltirishdir.

Ona uchun tug`ish o`ta murakkab va og`ir hodisadir. Juda ko`p ayollarda bu jarayon qattiq qo`rquv bilan o`tadi. Faqat o`tkazilgan bu qo`rquv va og`riqlar ayolda "Prolaktin" garmonining ajralib chiqishi uchun muhim narsa hisoblanadi. Tug`ish va tug`ishdan keyingi dastlabki bir necha soatlarda "Prolaktin" tanaga tezlik bilan tarqaladi va "Onalik mas'uliyati" cho`qqiga chiqadi. Bu garmon onaning yangi tug`ilgan chaqaloq bilan munosabatlarini moslashtirish uchun xizmat qiladi. Huddi televizor bilan uzoqdan boshqarish jihozi o`rtasidagi mukammal uyg`unlik kabi. Ona ham garmon soyasida vujudi va ruhini kichik chaqaloqqa mos shaklda tayyorlaydi.

Bolaning xususiyatlari ona miyasiga muhrlanadi

Bola dunyoga kelgan dastlabki daqiqalardagi yig`i ovozzi tanasi garmon bilan sezgirlashtirilgan onaning miyasiga "Asosiy ovoz toni" sifatida qayd qilinadi. Buning soyasida ona bolasiga nisbatan "pedagogik simet- riya" hosil qiladi. Keyingi oy va kunlarda ona boshqacha tonda yig`layotgan bolasining ovozini o`ta shovqin va tiqilinch vaziyatda ham bemalol ajrata oladi. Bu esa yolg`iz onagagina xos bo`lgan xususiyat hisoblanadi.

Shu bois, ona farzandini dunyoga keltirgan ilk daqiqalardayoq bolasining yig`i ovozini eshitishiga to`sqinlik qilinmasligi va aksincha, bunga imkoniyat yaratib berish lozim. Ona tug`ish jarayonida o`tkazgan ogriklar va charchoqqa qaramasdan bolasining yig`i ovozini eshitishi lozim. Bu ovoz ona uchun bolasidan kelgan signal sifatida unda onalik garmonining ajrali- shi uchun ham muhim sanaladi.

Vujud, ko`z, hid...

Tug`ishdan keyingi dastlabki daqiqalardayoq onaning chaqalog`i bilan vujudi, ko`zi va hidi orqali bog`lanishi (boshqacha qilib aytganda quchog`iga olishi, bag`riga bosishi) juda muhim hisoblanadi. Bolasining vujudiga tekkan ona undan olgan kuch va xisni yana xotirasiga joylashtiradi va umrbod saqlaydi.

Bola onasiga ovozini, hidi va vujudining yumshoqligini his qildirib, onasining o`ziga bo`lgan sevgisi, mexrining ortishiga ham sabab bo`ladi.

Tug`ish davridagi bu jarayonlarni to`liq o`tkazgan ona aytaylik, bolasidan ayrildi. Usiz 20-30 yil vaqt o`tkazdi. Yillar o`tib uchrashganlarida ham ona qarshisida turgan yigitning o`z farzandi ekani yoki emasligini bemalol ajratib olishi mumkin.

Bu qanday sodir bo`lishi mumkin, onalar buni qanday uddalay olishi mumkin, hech o`ylab ko`rdingizmi? Onaning otadan yoki xoladan farqi ham aynan mana shu nuqtada ko`rinadi. Ularni bir-biridan ajratib turgan nozik chizgi ham shu hisoblanadi.

Biz yuqorida sanab o`tgan barcha holatlar farzandini jarrohlik amaliyoti bilan dunyoga keltirayotgan onalarda to`liq amalga oshmasligi mumkin. Chunki, tug`ish davrida ajralib chiqadigan garmonlar bu jarayonda ishtirok etmay qolish xavfi mavjud. Bundan tashqari ona hushida emasligi sababli chaqaloqning dastlabki ma'lumotlarini (yig`i, hid kabi) miyasiga joylay olmasligi mumkin.

Ona-bolaning sog`lig`i hamma narsadan ustun. Agar ona jarrohlik amaliyoti orqali tug`ishi shart bo`lsa, umumiy jarrohlik o`rniga, biron-bir sog`liq muammosi bo`lmasa, lokal anesteziyani tanlash maqsadga muvofiq bo`ladi. Zero lokal anesteziya umumiy jarrohlik amaliyotiga nisbatan ona-bola yaqinlashuvi nuqtai nazaridan foydaliroq usuldir. Bu orqali ona tug`ish jarayoniga qadam-baqadam guvohlik qiladi, farzandini tug`ilishi bilanoq qo`liga olishga imkoniyat tug`iladi. Bu esa onalik garmonining ajralishiga va chaqaloqning dastlabki ma'lumotlarini xotiraga joylanishiga sabab bo`ladi.

 

 

To Top ↑
To Top ↑