x

Ko`pchilik onalar ish faoliyatlariga qaytayotganlarida bolani kimga tashlab ketish xususida ikkilanadilar. Yaqin kishilari va bog`chadan birini tanlashda qiynalishadi. "Bog`chaga beraymi, qaynonamga topshiraymi?" kabi savollar onalarni qiynaydi.

Bu ikkilanishning asosiy sababi har ikki tanlovning ham o`ziga xos salbiy va ijobiy tomonlari borligidadir.

Umuman olganda bolaning ijtimoiy hayotga moslashuvida bog`chalarning o`rni katta. Faqat shuni unutmaslik kerakki, bolalar bog`chalarda o`rtoqlari bilan o`ynab xursand ko`rinsalar ham 4 yoshgacha bo`lgan bolalardagi bu xursandlik ularning ijtimoiy hayotga ko`nikishi sanalmaydi. Bu davrda ular uchun muhimi ko`pchilik bilan yaqinlashuvi emas, bir kishi bilan (ona yoki boquvchi) psixologik yaqinlashuv jarayonini tamomlashdir. Shu sababdan 4 yoshgacha bolalarni bog`cha o`rniga buvilar yoki boquvchiga topshirish yaxshiroq. To`rt yoshdan o`tgan bolalarni fiziologik rivojlanishi, ijtimoiy hayotga moslashuvi, maktabga tayyorgarlik nuqtai nazaridan bog`chaga berish maqsadga muvofiq bo`ladi.

To Top ↑
To Top ↑