x

Onasidan etarli darajada e'tibor, mehr ko`rolmagan kishilarda ota-ona bo`lganlarida farzandlari bilan bo`ladigan munosabatlarda ham muammo paydo bo`lishi mumkin. Psixologlarning tadqiqotlar davomida o`tkazgan suhbatlarida shu narsa ayon bo`lganki, bolalik yillarida ona mehridan uzoqda qolgan kishilar o`zlari ota-ona bo`lganlarida farzandlariga "cheksiz va beminnat" sevgi berishda qiynalishadi. Chunki bolalik yillarida ularga to`la berilmagan sevgi taqchilligi natijasida ong ostida paydo bo`lgan bezovtalik o`z farzandiga mehr berish jarayonida yuzaga chiqadi. Bu esa ota-onani bolalik yillarini yodga soladi, mehrsiz qolgan damlarini eslatadi. Bunday holatlardan kishi, albatta, bezovtalanadi. O`z farzandi bo`lishiga qaramasdan "beminnat sevgi" berish mexanizmi ishga tushgan vaqtda o`zining bolalik yillarini eslagan kishi xotiralarga muhrlangan davrlar bunga to`sqinlik qiladi.

To Top ↑
To Top ↑